Get Mystery Box with random crypto!

Siz subyektmisiz yoki obyekt? Yaqinda bir necha kitoblar avto | AYOLLAR DUNYOSI

Siz subyektmisiz yoki obyekt?

Yaqinda bir necha kitoblar avtori, CBS TV amerika telekanali rejissyori Richard Kouen haqida bir maqolada õqib qoldim. U nogiron, deyarli kõrmaydi, deyarli soqov, skleroz va kechalari uxlay olmaydigan kasallik bilan ham qiynaladi. Besh yil ichida ikki marta rak kasalligiga chalingan va hozirda oshqozon bezi raki bilan qiynaladi

Dõstlari va yaqinlari shifokorlardan va psixolog yordamidan foydalanish kerakligi haqida takror-takror aytishsada, u baribir tunu kun ishlaydi, õzidan kõp bilim va xotiralar qoldirishdan tõxtamaydi.

Kouenga õxshash yana bir inson, Nik Vuychich - qõl oyoqlari yõq, lekin sportchi, kouch-mativator, xalqaro darajadagi spiker, uni hayotini millionlab insonlar kuzatadi va eng muhumi, butun tanu-joni sog'lom insonlar uning qat'iyatidan õrnak olishadi.

Kouen va Nikka õxshagan insonlar - hayotining Subyekti hisoblanadi va ular hayotlarini õzlari boshqarishadi. Ular juda ham energiyaga boy va ijodkor insonlardir.

Bunday insonlar haqida eshitganimizda, inson beixtiyor "tog'larni talqon" qilgisi keladi va õzida katta kuchni his qiladi. Bu his-tuyg'uni sõzlar bilan tushuntirish qiyin.

Õzini - subyekt, deb hisoblagan insonlar qõli va qalbi ochiq, qabul qila oladigan, g'ayratli, yangilik va noodatiylikka intiluvchan, voqea hodisalarni yengil qabul qila oladigan va muammolar paydo bõlganda qayg'u va g'azabini jilovlay oladi va muammolarning yechimini topishadi va birma-bir qõygan maqsadlariga erishadi.

Õzini "Obyekt" deb hisoblaydigan insonlar esa doim zerikkan holda, maqsadsiz, hech narsadan qoniqmaydi, ularni boshqarish oson, ular buyruqlar bilan harakatlanishadi yoki ularni kõproq qõrquv harakatga keldiradi, dunyo qarashini kengaytirishga harakat qilmaydi va fikrini bildirishga qõrqadi. Har doim maqsadlarini, yangi marralarni nima uchun egallab bõlmasligi haqida gapiradi. Bunday insonlar erkin yashay olmaydi, chunki ular õzlarining ustanovkalari ya'ni qotib qolgan fikrlari bilan õzini chegaralaydi.

Oddiy qilib aytganda obyekt - õzgarishga moslanuvchi, subyekt - esa õzgartirishga xosdir.

Endi aytingchi siz hayotingizning Obyektimisiz yoki Subyekti? Javob sizdan va agar hayotingizning obyekti bõlsangiz keyingi tanlovlarni qay yõnalishda tanlash ham sizning qõlingizda!

@ayollar_dunyosi_sari
@ayollar_dunyosi_sari
@ayollar_dunyosi_sari