Get Mystery Box with random crypto!

​​Tangri yomonlikka duchor etmasin, Nomardlar ichida abgor et | AYOL SIRLARI 💄

​​Tangri yomonlikka duchor etmasin,
Nomardlar ichida abgor etmasin,
Hech inson diliga ozorlar bermang,
Sizga ham hech zotdan ozor yetmasin..

Ona duosiga nasib aylasin,
Ota rizosiga nasib aylasin,
Farzand muhabbati, yorning mehriga,
Ular vafosiga nasib aylasin..

Ilohim tegmasin yomonlar kõzi,
Aslo tugamasin haq bergan sõzi,
El aro rizqingiz ziyoda bõlsin,
Arafa kuningiz xayrli õtib,
Hayit ayyomingiz Muborak bõlsin!