Get Mystery Box with random crypto!

'2023 йил 20 мартдан Рамазон ойи бошланар экан. Росулуллох а | muhtasim.

"2023 йил 20 мартдан Рамазон ойи бошланар экан. Росулуллох айтганлар кимки Рамазон хакида хуш хабар таркатса унга жаханнам харом килинади шундай экан бу хуш хабарни хаммага таркатинг "

shaklidagi xabarlarni ko'p tashlashdi manga. agar sizga ham tashlashsa ularga ayting.
hozir bu Rosulullohni aytgan gapi deyapti, hadisga nisbat qilingan bo'ladi, hadis aytilganda rivoyat qilgan odamini ham isbot qilib keltirishi kerak, yoki Buxoriy va Muslimlarni kitoblaridan qaysi birida shunaqa joyi borligini aytsin. bilasiz qurondan keyingi islom dinidagi eng ishonchli kitob Buxoriyni hadislar to'plami. rivoyat qiluvchisi, deylik Oisha r.a, Umar ibm Xattob, abu Xurayradan kelgan hadislar bor. qaysi odam aytganini dalilini keltirsin bu xabarini.

20-mart deb anniq nisbat berilgan. misolchun bu yili ramazonga adashmasam bir ikki kun qolganida zo'rg'a aniqlashdi oyga qarab qaysi kunligini. hali aniqlanmagan qaysi kunligi, aniqlanganida birinchi o'rinda musulmonlar idorasi yoki masjiddagi imomlar aytishardi jumada ramazon qaysi kundan boshlanishini. yarim yil oldin aniqlash qiyin, iloji yo'q.

bitta xabarni yetkazish bilan jannatga kirketish mumkin bo'lganida hozir men xabar jo'natib o'tirgan bo'lardim. shu jumladan katta-katta qori domlalar ham xabar jo'natishga targ'ib qilardi, 5 mahal xabar jo'natardik namozni o'rniga.

Anas r.adan rivoyat qilingan hadisda shunday deyilgan:
"meni sizlarga ko'p hadis aytishdan faqatgina Nabiy s.a.vning "kim menga nisbatan qasddan yolg'on to'qisa, do'zaxdan joyini olaversin", deganlari to'sadi".

shayximizni hadis va hayot to'plamida yolg'ondan to'qima hadis tarqatish hukmi ham aytib o'tilgan.