Get Mystery Box with random crypto!

Texnika yo‘nalishidagi 36 ta oliygohda o‘qitish va ilmiy-tadqi | Surxondaryo viloyati hokimligi

Texnika yo‘nalishidagi 36 ta oliygohda o‘qitish va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini ilg‘or tajriba asosida to‘liq o‘zgartirish zarurligi ta’kidlandi.

Mehnat bozorida talab yo‘q mutaxassisliklarni qisqartirish, kafedralarni birlashtirish, universitet to‘liq dual ta’lim tizimiga o‘tkazilishi, bu orqali fanlar kamida 30 foizga qisqarishi ko‘rsatib o‘tildi.

Drezden texnika universiteti (Germaniya) va sukuba universiteti (Yaponiya) dasturlariga moslashtirilishi ta’kidlandi.


Universitetda dekanatlarni talabalarga xizmat ko‘rsatish funksiyalari to‘liq raqamlashadi.

Xorijdagi kabi “Registrator ofisi” tashkil qilinadi.


36 ta muhandislik oliygohi va ularning filiallari bosqichma-bosqich yiriklashib, jami 20 ta oliygoh qoladi. Har bir hududda kamida 1 tadan texnika universiteti bo‘ladi.


“Tarmoq – korxona – oliygoh” zanjiri asosida har bir oliygohga sanoat hamkori belgilanadi.

Barcha muhandislik oliygohlari hamkor korxonalarida kafedralar ochadi va dual ta’limni yo‘lga qo‘yadi. Talabalarning amaliyoti va bitiruv kursdagi ta’limi to‘liq hamkor korxonalarda tashkil qilinadi.


Prezident endilikda oliygohlarning tajriba ishlab chiqarish korxonalari maqomi qonun bilan mustahkamlanishini aytdi. Ularga IT-park rezidentlariga qo‘llanilayotgan imtiyozlar beriladi.

Sho‘ba korxonasi ishchilarining kamida 60 foizi doktorant va talabalardan iborat bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X