Get Mystery Box with random crypto!

Bugun “Surxon arena” sport majmuasida viloyatdagi umumiy o‘rta | Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun “Surxon arena” sport majmuasida viloyatdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha “Surxondaryo viloyati hokimi kubogi” musobaqalarining taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan quyidagi jamoalarga kubok, medal hamda sertifikatlarni tantanali topshirdi.

Mini futbol bo‘yicha qiz bolalar o‘rtasida:
-o‘rin – Qumqo‘rg‘on tumani 42-maktab jamoasi;
-o‘rin – Boysun tumani 32-maktab jamoasi;
-o‘rin – Termiz shahri 7-maktab jamoasi.


Futbol bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida:
-o‘rin – Sherobod tumani 27-maktab jamoasi;
-o‘rin – Qumqo‘rg‘on tumani 24-maktab jamoasi;
-o‘rin – Termiz tumani 36-maktab jamoasi.

Ma’lumot uchun, viloyat hokimi kubogini qo‘lga kiritgan jamoa maktabida sun’iy qoplamali futbol maydonchasi quriladi, 2-o‘rin sohibi bo‘lgan maktabning binosi va sport zali hamda 3-o‘rinni egallagan jamoa maktabida sport zali to‘liq ta’mirlab beriladi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X