Get Mystery Box with random crypto!

Ko‘pchilik mutaxassislar ishqorli suv (alkaline water) sog‘liq | AXBOROT


Ko‘pchilik mutaxassislar ishqorli suv (alkaline water) sog‘liq uchun foydali deb hisoblashadi. U kasalliklarning paydo bo‘lishini oldini oladi, qarish jarayonini sekinlashtiradi, erkin radikallarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi va toksinlarni chiqarib tashlaydi. Vodorod erkin radikallarga qarshi kurashda kuchli qurol bo‘lib, u kollagen va elastin sintezini boshlashga yordam beradi.

Chortoq Mineral Water kompaniyasi O‘zbekiston bozorida mutlaqo yangi mahsulot bo‘lmish past ishqorli artezian suvi – Chortoq SUV ichimlik suvini chiqardi. Chortoq SUV - yer ostidan 160 metr chuqurlikdan ekologik toza hududdagi artezian togʻ bulogʻidan qazib olinadi. Suv foydali elementlar bilan to‘yingan, ammo mineralizatsiyaning past darajasi tufayli u barcha oila a’zolari, hatto eng kichik yoshdagi bolajonlar tomonidan kundalik foydalanish uchun to‘g‘ri keladi.

Chortoq SUV ning pH darajasi 7,8 va minerallashuvi litriga 0,26 grammni tashkil etadi, bu esa uni juda yumshoq qiladi. Tarkibida o‘zgarishlar bo‘lmaganligi sababli, suv tabiat bergan barcha xususiyatlarni saqlab, asl shaklida sizga yetib boradi.


Chortoq SUVning ikki xil turi (gazlangan va gazsiz) barchaga o‘ziga ma’qul variantni tanlash imkonini beradi.

Artezian suvi Chortoq SUV - O‘zlikni saqlab qolish san’ati!
https://suv.chortoq.com/