Get Mystery Box with random crypto!

Tolibon Rossiya bilan savdo aloqalarini yo'lga qo'yish harakat | Axborot 24/7

Tolibon Rossiya bilan savdo aloqalarini yo'lga qo'yish harakatida
 
Tolibon Rossiya bilan faol savdoni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi. 
 
Qayd etilishicha, Moskvada Afg‘oniston savdo vaziri boshchiligidagi rasmiy delegatsiya neft, benzin, gaz va g‘alla sotib olish bo‘yicha kelishish arafasida. Agar kelishuvga erishilsa, bu xorijiy davlatlar Tolibon bilan tobora koʻproq biznes yuritayotganidan dalolat beradi.
 
Ma'lumki, hozirda Afg'onistonga qarshi qat'iy iqtisodiy sanksiyalar amal qilmoqda, bu esa Tolibon uchun xalqaro hisob-kitoblarni sezilarli darajada murakkablashtiradi.
 
  Axborot_24/7 - eng tezkor yangiliklar kanaliga obuna bo'ling!