Get Mystery Box with random crypto!

Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha quruq va kam bulutli ob- | Axborot 24/7

Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Kunduzi havo harorati 30-35° ni tashkil etadi.

Poytaxtimizda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Maksimal harorat 32-34° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘ оldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 22-27° bo‘ladi.

Eng so’ngi yangiliklar @axborot247