Get Mystery Box with random crypto!

#duo Ey qalblarni burib qoʻyguvchi Zot, qalbimni Oʻzingagina | Axiylarim 🌙

#duo

Ey qalblarni burib qoʻyguvchi Zot,
qalbimni Oʻzingagina burib qoʻy!
Ey qalblarni oʻzgartirguvchi Zot,
qalbimdagi gʻashlikni sakiynatga,qadaringdan rozilikka oʻzgartirib qoʻy!
Ey qalblarni suyuntirguvchi Zot,qalbimni afving bilan suyuntirib qoʻy!

Ey qalblar qoʻlida boʻlgan Zot,qalbimni faqat Sening ishqing bilan ovora qilib qoʻy!
Ey qalblarni toʻldirguvchi Zot,qalbimdagi boʻshliqni hidoyating va dining bilan toʻldirib qoʻy!
Ey qalblarni koʻrguvchi qudratli Zot,qalbimdagi nolalarga,iltijolarga,duolarga nazar sol!

Sengagina yiqilay,Sendangina soʻray,Sengagina yalinay,Sengagina muhtoj boʻlay,Sen uchungina yigʻlay,Sen uchungina mahzun boʻlay,Sening muhabbating uchungina yonay,Sening roziling uchungina yashay!
Meni Sen uchun yashatib qoʻy!