Get Mystery Box with random crypto!

Bizning yillik dars ishlanmamizga quyidagilar kiradi: Bizda | AVTOSHKOLA BAZZOZLAR

Bizning yillik dars ishlanmamizga quyidagilar kiradi:

Bizda abituriyentlar uchun mo‘ljallangan 10 ta kitob mavjud bo‘lib, dastlabki kitoblar elementar matematika ( algebra, geometriya va stereometriya) ga bag‘ishlangan, 8-kitob oliy matematika va 9-kitob esa DTM darajasida tuzilgan variantlardan iborat. Bu dastur eng ko‘pi bilan 8 oyga mo‘ljallangan bo‘lib, sentabr oyida tayyorlanib boshlagan abituriyent uzog‘i bilan may oyida mavzularni chiqadi, qolgan vaqtda esa yangi chiqqan kitoblar va yangi variantlarni ishlash bilan shug‘ullanamiz.
Kichik bolalar uchun esa asosiy 3 ta kitob mavjud bo‘lib, ularning dastlabki ikkitasi matematika( algebra ), uchinchisi esa geometriyaga bag‘ishlangan.
Matematika majburiy fan bo‘lgan abituriyentlar uchun ham asosiy 3 ta kitob mavjud bo‘lib, ularning dasturi 5 oyga mo‘ljallangan, ya‘ni dastlabki 3 oyda ular mavzularni chiqishadi, keyin 2 oy davomida esa DTM tomonidan tasdiqlangan variantlarni ishlash bilan shug‘ullanishadi.

@HDPOFFICIAL