Get Mystery Box with random crypto!

Avto olam

Telegram kanalining logotibi avtoo_olam — Avto olam A
Telegram kanalining logotibi avtoo_olam — Avto olam
Kanal manzili: @avtoo_olam
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8.39K
Kanalning ta’rifi

🚨Tezkor 𝗔𝗩𝗧𝗢 𝗢𝗟𝗔𝗠 va kayfiyat koʻtaruvchi xabarlarni, Telegram orqali yetkazib beruvchi kanal!
🚦 Biz orqali eng muhim va dolzarb maʼlumotlar 🔥
✍️ Voqea va xodisaga guvoh boʻldingizmi
bizga yuboring : @azizbek_togayev

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 25

2022-07-18 14:53:20
O‘zbekistonda 6 oyda qancha elektromobil import qilingani ma’lum bo‘ldi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston 10 ta xorijiy davlatdan qiymati $34.100.000 ga teng bo‘lgan 1.125 ta elektromobil import qilgan.

Elektromobil importi 2021-yilning mos davriga nisbatan 875 taga yoki 4,5 barobarga oshgan.

2022-yilning 6 oyida O‘zbekiston asosan quyidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:

Xitoy – 983 ta;

BAA – 73 ta;

Germaniya – 27 ta;

Gonkong – 25 ta;

Koreya – 6 ta;

Litva – 6 ta;

Estoniya – 2 ta.

@Avtoo_Olam
5.4K views11:53
Ochish/sharhlash
2022-07-18 11:34:04
UzAuto Motors Chevrolet Tracker-2023 avtomobilini ishlab chiqarishni boshladi.

2022-yilning 18-iyulida UzAuto Motors AJ Asaka shahridagi zavodida Chevrolet Tracker-2023 avtomobilini ishlab chiqarishni boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi rahbarining topshirig‘iga binoan kompaniyaning boshqaruv va ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich o‘zgartirish ishlari doirasida, yagona platformadagi avtomobil modellarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish amalga oshirildi. Ushbu bosqichda platformaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 80 000 dona Chevrolet Tracker avtomobilini tashkil etadi.

Bundan tashqari, UzAuto Motors Powertrain zavodida Chevrolet Tracker avtomobillarini jihozlashda foydalaniladigan zamonaviy va tejamkor 1,2 hajmli, uch silindrli CSS Prime turbodvigatellarni ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Yangi dvigatel Xitoydan olib kelinadigan 125 ot kuchiga ega Tracker avtomobillari dvigatelidan kuchliroqdir. Yangi Tracker quvvati 132 ot kuchiga ega.

@Avtoo_Olam
5.7K views08:34
Ochish/sharhlash
2022-07-16 19:38:09
Saudiya Arabistonining "PIF" suveren jamg'armasi "Aston Martin" kompaniyasining 16.7 foiz aksiyasini xarid qilib ikkinchi yirik aksiyadoriga aylandi.

Kompaniyaga aksiyadan kelib tushgan mablag'lar kompaniyaning qarzlarini so'ndirishga yo'naltiriladi.

@Avtoo_Olam
6.6K views16:38
Ochish/sharhlash
2022-07-16 19:18:09 Ayrim AYQSHlarda benzindan urib qolish holatlari aniqlandi.


O‘zbekistondagi AYQShlarda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 108 ming litr neft mahsulotlari bilan bog‘liq qonun buzilish holatlari aniqlandi.

Energetika vazirligi xabar qilishicha, iste’molchilarga yetkazib berilayotgan neft mahsulotlarini sifat va miqdor jihatidan amaldagi me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligi bo‘yicha Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zneftgazinspeksiya» tomonidan joriy yilning iyun—iyul oylarida navbatdagi nazorat tadbirlari o‘tkazilgan.
Nazorat tadbirlari davomida neft mahsulotlarini sotish bilan shug‘ullanuvchi 44 ta xususiy korxonalarga qarashli AYoQShlarda umumiy miqdori 108 ming litr neft mahsulotlari bilan bog‘liq qonun buzilish holatlari aniqlangan. Jumladan:

AYoQShlarda saqlanayotgan neft mahsulotlaridan namunalar olinib, laboratoriya sharoitida tahlil etilganida 34 ming litr mahsulot sifatsiz ekani;

60 ming litr kamomad, 15 ming litr ortiqchalik va 299 litr asossiz hisobdan chiqarish holatlariga yo‘l qo‘yilgani;

10 ta holatda iste’molchilar haqidan har 10 litrda 30 millilitrdan 750 millilitrgacha kam quyib berilayotgani;

AYoQShlarda 70 ga yaqin texnik va metrologik kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani ma’lum bo‘lgan.

Respublika bo‘yicha aniqlangan qonun buzilish holatlarining asosiy qismi Namangan viloyati (55,4 ming litr), Farg‘ona viloyati (27 ming litr), Sirdaryo viloyati (14,2 ming litr), Surxondaryo viloyati (4,2 ming litr), Qashqadaryo viloyat (2,7 ming litr) lariga to‘g‘ri kelmoqda.
Aniqlangan qonun buzilish holatlari bo‘yicha rasmiylashtirilgan hujjatlar chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga muntazam ravishda yuborilmoqda. Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.


@Avtoo_Olam
6.7K views16:18
Ochish/sharhlash
2022-07-15 21:16:28
Aston Martin kompaniyasining 2022-yilning may oyi xolatiga ko'ra kompaniyaning qarzdorligi deyarli £1.000.000.000 sterlingni tashkil qildi.

@Avtoo_Olam
7.2K views18:16
Ochish/sharhlash
2022-07-15 17:22:28
Rolls-Royce Phantom avtomobilining audio tizimining narxi £8.000 sterling turar ekan.

£1 sterling 12.800 so'm.

@Avtoo_Olam
7.7K views14:22
Ochish/sharhlash
2022-07-15 13:33:05
"Bosch" kompaniyasi mikrochip ehtiyojlarini qondirish uchun $3.000.000.000 sarflashini ma'lum qildi.

@Avtoo_Olam
7.5K views10:33
Ochish/sharhlash