Get Mystery Box with random crypto!

AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣

Telegram kanalining logotibi avtometro — AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣 A
Telegram kanalining logotibi avtometro — AvtoMetr | Rasmiy kanal 🚦🛣
Kanal manzili: @avtometro
Toifalar: Avtomobillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.66K
Kanalning ta’rifi

👉Помощь/Support: @yhxbbuzbot
🚦 @AvtoMetrbot - Yo'l harakati qoidalari bo'yicha test yechishingizga yaqindan yordam beradi.

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-12-25 14:09:45 #YHQ
#XVII_BOB
Piyodalarning oʻtish joylari va yoʻnalishli transport vositalarining bekatlari

111-bandi

Tartibga solingan piyodalar oʻtish joylarida haydovchilar svetoforning ruxsat etuvchi ishorasi yongan taqdirda ham piyoda(lar)ga qatnov qismini shu yoʻnalishda kesib oʻtishni tugallashiga imkon berishlari kerak.

Tanishlaringiz bilan ulashing!

@AvtoMetrbot
265 views11:09
Ochish/sharhlash
2022-12-25 14:04:10
#bilasizmi

2022 yil 1 sentabrdan yengil avtomototransportlarni texnik ko'rikdan o'tkazish muddatlari o'zgargan.

Qonunchilikka ko'ra, jismoniy shaxslarga tegishli ishlab chiqarilganiga 10 yilgacha bo'lgan yengil avtomototransportlar texnik ko'rikdan ixtiyoriy ravishda o'tkaziladi.

Yengil avtomototransportlar quyidagi muddatlarda majburiy texnik ko'rikdan o'tkaziladi:

ishlab chiqarilganiga 11 yildan 14 yilgacha bo'lgan yengil avtomototransportlar – 2 yilda bir marta;

ishlab chiqarilganiga 15 yil va undan ortiq bo'lgan yengil avtomototransportlar – 1 yilda bir marta.

Bunda, mazkur muddatlar tijorat asosida yo'lovchilar tashish faoliyatida foydalaniladigan yengil avtomototransportlar uchun tatbiq etilmaydi.

Tanishlaringiz bilan ulashing!

@AvtoMetrbot
258 viewsedited  11:04
Ochish/sharhlash
2022-12-25 11:34:39
#no_comment

Tanishlaringiz bilan ulashing!

@AvtoMetrbot
263 viewsedited  08:34
Ochish/sharhlash
2022-12-25 11:03:18 #bilasizmi

YPX xodimi o'z xizmat vazifalarini bajarishda quyidagilarga majbur:

xizmat vazifalarini mobil videokameradan foydalangan holda oshkora olib borish (2019 yil 1 iyuldan);

vizual kuzatuv hamda maxsus moslamalardan foydalangan holda qoidalar buzilganligini aniqlash;

yo'l harakati qatnashchisini to'xtatganidan keyin uning oldiga borish, o'zini tanishtirish, lavozimi, unvoni, familiyasi hakida ma'lumot berish, uning talabiga ko'ra ko'krak nishon belgisini ma'lum qilish va xizmat guvohnomasini ochiq holda ko'rsatish;

yo'l harakati qatnashchilariga mobil videokameradan foydalanayotganini ma'lum qilish va kelgusida noqonuniy xatti-harakatlar sodir etsa, aybini isbotlash uchun video yozuvdan foydalanishi mumkinligi haqida ogohlantirish (2019 yil 1 iyuldan);

har qanday vaziyatda yo'l harakati qatnashchilari bilan vazmin, xushmuomala, odobli va e'tiborli bo'lish, ularga xurmat bilan hamda “siz” deb murojaat qilish, yo'l harakati qatnashchilari bilan o'zaro munosabatlarda muomala madaniyati va qonuniylikka rioya qilish;

yo'l harakati qatnashchilariga ularni to'xtatish sababi, sodir etilgan huquqbuzarlik yuzasidan aniq, lo'nda tushuntirish berish;

haydovchini mast holda deb xisoblashga asoslar mavjud bo'lgan taqdirda, uni transport vositasini boshqarishdan chetlatish, mastlik holatini aniqlash uchun belgilangan tartibda tekshiruvdan o'tkazish, haydovchi mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruv o'tkazilishidan bo'yin tovlagan taqdirda ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirish;

belgilangan tartibda berilgan ko'rsatmaga asosan yo'l harakati qatnashchilari harakatini cheklash yoki taqiqlash;

qoidalarni buzgan yo'l harakati qatnashchisiga nisbatan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma rasmiylashtirish chog'ida unga huquq va majburiyatlarini tushuntirish;

huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq o'z vaqtida tegishli choralarni ko'rish;

yo'l-transport hodisasi sodir bo'lgan joy holatini o'zgartirish, dalillar yo'qotilishi yoki yo'q qilinishining oldini olish maqsadida hodisa joyini o'rab olish choralarini ko'rish;

huquqbuzarlikdan yoki baxtsiz hodisalardan jabrlanganlarga, hayoti (sog'ligi) xavf ostida qolgan shaxslarga, tibbiy yordamga muhtoj bo'lgan yo'l harakati qatnashchilariga hamda yo'l transport hodisasi oqibatida shikastlangan transport vositalarini belgilangan joyga olib borishda fuqarolarga yordam ko'rsatish;

belgilangan harakatlanish tezligini oshirib, qoidalarni buzgan haydovchini maxsus moslamaning ko'rsatkichlari bilan tanishtirish, uning talabiga ko'ra moslamaning qiyoslash sertifikatini ko'rsatish;

yo'l harakati qatnashchilariga yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs) yoki sudga shikoyat qilish huquqini tushuntirish.

YPX xodimi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlarni ham bajaradi.

YPX xodimi tomonidan yo'l harakati qatnashchisini asossiz to'xtatib turish taqiqlanadi.

YPX xodimi yo'l harakati qatnashchisini to'xtatganda yoki u tomonidan sodir etilgan qoidalar buzilishini rasmiylashtirish jarayonida holatga daxldor bo'lmagan hamda qonun hujjatlarida belgilangan vakolatga ega bo'lmagan shaxslarga qoidalar buzilishini rasmiylashtirish yuzasidan tushuntirish berishga majbur emas.

Tanishlaringiz bilan ulashing! Ogohlik davr talabi!

@AvtoMetrbot
286 views08:03
Ochish/sharhlash
2022-12-25 10:59:59
#ibrat

Xozirgi bolalarni sevimli oʻyini “Metan-metan”

Tanishlaringiz bilan ulashing!

@AvtoMetrbot
284 viewsedited  07:59
Ochish/sharhlash
2022-12-25 10:22:02
Top 5 firibgarlik

1. Treyding
Ijtimoiy tarmoqlarda aksiya va investisiyadan tezda boyib ketish siri deb lag'mon ilishadi va "investisiya" qilgan pullaringiz uxlaydi.
2. Bankdan qo'ng'iroq
"Bank" dan tipa qo'ng'iroq qilishadi va kimdirlar kartangizni buzayotganini, yoki nomingizga onlayn kredit olayotganini aytib, pullaringizni tezda "maxsus" xisobvaraqqa o'tqazishingizni so'rashadi. Maxsus xisob varaq esa firibgarning cho'ntagi bo'ladi.
3. Yetkazish
Onlayn e'lon orqali biror nima sotmoqchi yoki olmoqchi bo'lganingizda messendjerdan sizga "yetkazib berish" havolasini yuborib kartangizdan pullarni uxlatmoqchi bo'lishadi.
4. Yutuq o'yin
Soxta saytda qisqa anketani to'ldirishni so'rashadi, buni ichida karta raqamlaringiz ham bo'ladi, katta yutuq va'da qilishadi yoki ko'p hollarda uje fitfillion dollar yutdiz deb aldashadi

5. Oldindan to'lov
Biror nima sotilishi haqida e'lon berishadi, oldindan to'lov so'raydi. To'lov o'tgach, na tovar va na pul yo'q

Tanishlaringiz bilan ulashing!

@AvtoMetrbot
301 viewsedited  07:22
Ochish/sharhlash
2022-12-25 09:40:03
#kulgu

Nima deyishni ham bilmaydi odam. "Gap yo'q"

Tanishlaringiz bilan ulashing!

@AvtoMetrbot
271 viewsedited  06:40
Ochish/sharhlash
2022-12-25 06:56:03
#respekt

AvtoUy

Tanishlaringiz bilan ulashing!

@AvtoMetrbot
300 viewsedited  03:56
Ochish/sharhlash
2022-12-25 06:51:33
#Layfhak

Lazer yordamida tozalash

Tanishlaringiz bilan ulashing!

@AvtoMetrbot
282 viewsedited  03:51
Ochish/sharhlash
2022-12-25 06:17:54
#bilasizmi

YPX xodimi jarimangiz bor deb avtomobilingizni jarima maydoniga olib kirishga haqlimi?

- Yo'q, agar jarimaga tushganingizga 60 kun bo'lmagan bo'lsa, shuningdek 60 kundan oshgan bo'lsa ham qo'lida vakolatli organning yozma ko'rsatmasi bo'lmasa jarima maydoniga olib kirishga xaqqi yo'q.

Asos: Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks 291-moddasi

Bizni kuzatishda davom eting!
Do'stlaringizga ulashing

@AvtoMetrbot
313 viewsedited  03:17
Ochish/sharhlash