Get Mystery Box with random crypto!

Dodge o’zining birinchi elektromobilini taqdim etdi. Ushbu ele | Avtoelon.uz

Dodge o’zining birinchi elektromobilini taqdim etdi.
Ushbu elektromobil Dodge ning barcha modellaridan kuchliroq bo’ladi
 
Dodge Charger Daytona SRT konseptining premyerasi AQSHdagi Dodge Speed Week festivalida bo’lib o’tdi. Ushbu model avvalgi Dodge larga umuman o’xshamaydi. Elektromobil yangi transmissiyaga ega bo’ladi, bundan tashqari Dodge markasining tarixidagi eng tez avtomobil bo’lishi aytilmoqda.
 
“Tabiiyki, Dodge Charger Daytona – bu elektromobil” – deydi 110km.ru. Maslkar ishqibozlari kutayotgan “Haydovchi ishtiroki” tizimini yangi eRupt multitezlik transmissiyasi yaratib bera oladi, PowerShot funksiyasi esa qisqa vaqtga tezlanish quvvatini kuchaytirish imkoniga ega. To’liq privod “Bazaviy” komplektatsiyadan boshlab mavjud bo’ladi.
 
Ammo barcha elektr quvvatida harakatlanadigan sport mashinalarining muammosi bu - tovushsiz harakatlanish. Dodge Charger Daytona SRT uchun esa maxsus Fratzonic Chambered Exhaust vixlop tizimi ishlab chiqilgan. Ushbu tizim 126dB lik “xayratlantiruvchi tovush” yarata oladi. Uning tarkibiga elektromobilning orqa tarafida joylashgan kuchaytirgich va resonator kiradi.