Get Mystery Box with random crypto!

Tartibga soluvchining ishoralari - Qoʻl tepaga koʻtarilgan: B | Avto Test

Tartibga soluvchining ishoralari

- Qoʻl tepaga koʻtarilgan:
Barcha transport vositalari va piyodalarning barcha yoʻnalishlar boʻyicha harakatlanishi taqiqlangan, ushbu Qoidalarning 42-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

- Qo‘llari yon tomonga uzatilgan yoki tushirilgan:
Chap va o‘ng yon tomonidan tramvayga to‘g‘riga, relssiz transport vositalariga to‘g‘riga va o‘ngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib o‘tishga ruxsat beriladi;

Oldi va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi;

- O‘ng qo‘li oldinga uzatilgan:
Chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yo‘nalishlarda harakatlanishiga ruxsat beriladi;

Oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat oʻngga harakatlanishiga ruxsat beriladi;

O‘ng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi. Piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonidan qatnov qismini kesib o‘tishga ruxsat etiladi;

Orqa tomonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi. Piyodalarga qatnov qismini kesib o‘tish taqiqlanadi.

Tartibga soluvchi haydovchi va piyodalarga tushunarli bo‘lgan boshqa ishoralarni ham berishi mumkin. Ishoralar yaxshi ko‘rinishi uchun tartibga soluvchi jezl yoki yorug‘lik qaytaradigan qizil rangli moslamalarni qo‘llashi mumkin.

Tartibga soluvchining ishorasi va ko‘rsatmalari svetofor ishoralari, yo‘l belgilari va chiziqlari talablariga zid kelgan hollarda haydovchi va piyodalar tartibga soluvchining ishorasi va ko‘rsatmalariga amal qilishlari kerak.

Avto Test