Get Mystery Box with random crypto!

2022 -yil 1-dekabrdan Yo'l harakati qoidalariga so'zsiz rio | Avto Test

2022 -yil 1-dekabrdan

Yo'l harakati qoidalariga so'zsiz rioya qilinishini ta'minlash hamda ularni takroran buzish holatlarining oldini olish maqsadida quyidagi tartibni nazarda tutuvchi haydovchilarga yo'l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimi joriy etiladi:

har bir yo'l harakati qoidabuzarligi uchun 12 oy davomida alohida jarima ballari hisoblab boriladi;

hisoblangan jarima ballari belgilangan miqdordan oshgan hollarda haydovchi ma'lum muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan o'rnatilgan tartibda mahrum qilinadi;

muayyan davr mobaynida yo'l harakati qoidabuzarligi sodir etmagan haydovchilarga keyinchalik hisoblangan jarima ballarini qisqartirish orqali rag'batlantirish choralari qo'llaniladi.

Jarima ballarini hisoblash tizimi sinov tariqasida ishga tushiriladi

YHXXUZ | Avto Test