Get Mystery Box with random crypto!

BIR YIL ICHIDA JARIMA UNDIRILMASA TOʻLASHIM SHARTMI? Ma’muriy | Avto Reyd Kanali

BIR YIL ICHIDA JARIMA UNDIRILMASA TOʻLASHIM SHARTMI?

Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 309-1-moddasiga binoan huquqbuzarlik sodir etilgan va buning uchun jarima solish haqidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab 3 kun ichida qaror nusxasi huquqbuzarga yetkazilishi shart.

Mazkur muddat oʻtadigan boʻlsa?

Ichki ishlar vazirining 2011-yil 31-maydagi 68-son buyrugʻining 69-bandiga muvofiq agar ma’muriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab uch oy mobaynida ijroga qaratilmagan boʻlsa (qaror nusxasi huquqbuzarga topshirilmagan, huquqbuzarning ishlash, yashash joyiga yoki davlat ijrochisiga yuborilmagan boʻlsa va h. k.), u holda bunday qaror ijro etilmaydi.

Bundan koʻrinib turibdiki, jarima solish haqidagi qaror nusxasi MJTK 309-1-moddasida belgilangan muddatda huquqbuzarga yetkazilmasa, unda bu qaror ijroga qaratilmaydi.

Agar qaror nusxasi belgilangan muddatda yuborilmagan boʻlsa, unda jarimani toʻlamasa ham boʻladi.


@AVTO_REYDUZ Канали