Get Mystery Box with random crypto!

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti

Telegram kanalining logotibi avloniyuz — A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti A
Telegram kanalining logotibi avloniyuz — A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti
Kanal manzili: @avloniyuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 119.44K
Kanalning ta’rifi

Facebook
https://www.facebook.com/avloniy.uz
Website
http://avloniy.uz/
YouTube
https://www.youtube.com/channel/UCf6MGrax28HsY9DCBo3eeTA
Қайта тайёрлов:
https://t.me/avloniy_qayta_tayyorlov
LMS йўриқнома 👉 @lms_video_bot

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 16

2023-12-29 13:00:45
#sarhisob
Yangi yil tabrigi!

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti Raqamli ta’lim texnologiyalarini va statistikani takomillashtirish ilmiy-tadqiqot bo‘limi mudiri Elyor Alkarov Maxmudovich

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
60.6K views10:00
Ochish/sharhlash
2023-12-29 11:49:31
A.Avloniy nomidagi milliy tadqiqot institutida doktorant, tayanch doktorant, stajyor-tadqiqotchilar va mustaqil izlanuvchilar faoliyati samaradorligini aniqlash bo‘yicha monitoring o‘tkazildi.

Monitoringda jami 27 nafar doktorantlar, tayanch doktorantlar, stajyor-tadqiqotchilar va mustaqil izlanuvchilar ishtirok etdi.

Unda, dissertatsiya mavzusi bo‘yicha rejaning bajarilishi;

Ixtisoslik bo‘yicha nazariy-metodologik dasturning bajarilishi;

Jurnallarida dissertatsiya mavzusi bo‘yicha ilmiy maqola chop etilganligi;

konferensiyada dessertatsiya mavzusi bo‘yicha maʼruza bilan ishtirok etganligi va boshqalar tahlil qilindi.

Monitoring natijalariga ko‘ra, izlanuvchilarning keyingi ilmiy faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar berildi.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
34.0K viewsedited  08:49
Ochish/sharhlash
2023-12-29 10:30:11 #yangiliklar

A.Avloniy milliy-tadqiqot instituti mahalliy hamkorlari sonini yana bittaga oshirdi

Xabaringiz bor, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti xalqaro va mahalliy hamkorlik faoliyatini kengaytirish doirasida muntazam ishlar olib bormoqda. Bu galgi hamkorlik aloqalari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan o'rnatildi.

Hamkorlikning asosi quyidagi yo'nalishlarga qaratilgan:

Ilmiy va madaniy-ma'rifiy loyihalarni birgalikda ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlarni o'tkazishda hamkorlik qilish;
Axborot-kutubxona sohasini takomillashtirish, tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatlarni o‘rnatish, ilmiy-tadqiqot olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar, magistrlar va doktorantlarga O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondidan foydalanishda amaliy ko‘mak berish. Axborot-kutubxona sohasini takomillashtirish, tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatlarni o‘rnatish, ilmiy-tadqiqot olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar, magistrlar va doktorantlarga O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondidan foydalanishda amaliy ko‘mak berish;
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ko‘magida A.Avloniy nomidagi nomidagi milliy-tadqiqot institutining sohaga oid xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatishi. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ko‘magida A.Avloniy nomidagi nomidagi milliy-tadqiqot institutining sohaga oid xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatishi;
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ko‘magida A.Avloniy nomidagi nomidagi milliy-tadqiqot institutining sohaga oid xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatishi.ilmiy tadqiqotlar olib borish jarayonlariga ko`maklashish;
Tomonlarning o‘zaro kelishuvi bo‘yicha hamkorlikning boshqa yo‘nalishlari;

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
34.6K views07:30
Ochish/sharhlash
2023-12-29 09:51:58
#sarhisob
Yangi yil tabrigi!

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti Xalqaro bo‘limi boshlig‘i - Saidmurod Yax‘yayev Ro‘zimuhammadovich

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
32.6K viewsedited  06:51
Ochish/sharhlash
2023-12-28 08:44:32
Yangi yil tabrigi!

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti Xalqaro baholash bo‘lim boshlig‘i Sardorbek Palvannazirovdan bayram tabrigi!

Kirib kelayotgan 2024-yilning qadami qutlug‘ kelsin!

Tabriklarimiz davom etadi. Kuzatishda davom eting!

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
24.0K viewsedited  05:44
Ochish/sharhlash
2023-12-28 07:54:56
Yangi yil tabrigi!

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti Hududlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i Azizbek Gaffarovdan bayram tabrigi!

Tabriklarimiz davom etadi. Kuzatishda davom eting!

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
26.3K views04:54
Ochish/sharhlash
2023-12-26 23:05:01
Pedagoglar uchun Metodik marafon o‘tkaziladi

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan 2024-yilning 4–10-yanvar kunlari umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun Metodik marafon tashkil etilmoqda.

Marafondan ko‘zlangan maqsad:

umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida oʻquv-tarbiya jarayonini zamonaviy talablar asosida innovatsion usullar yordamida oʻqitishni taʼminlash;

xalqaro baholash dasturi (PISA-2022) tadqiqotlarida oʻquvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy fanlar savodxonligi bo'yicha baholash natijalaridan kelib chiqib, ularning o‘zlashtirishdagi boʻshliqlar bilan ishlash;

o‘qituvchilarga oʻquvchilarning mantiqiy fikrlash va samarali muloqot qilish, real hayotiy muammolarga yechim topa olishiga yoʻnaltirilgan metodlarni oʻrgatish;

pedagog kadrlarning ilgʻor tajribalarini aniqlash, oʻzaro tajriba almashishlarini yoʻlga qoʻyish va qoʻllab-quvvatlash.

Marafonda ishtirok etish uchun taqdimotlar @metodik_marafon_bot telegram botiga yuboriladi. Bunda taqdimot hajmi 50 MB'dan oshmasligi kerak.

Eng yaxshi metodik resurs mualliflari tanlab olinadi hamda trener sifatida jalb etiladi. Shuningdek, Ta’limni rivojlantirish markazi rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali e’lon qilinadi.

Marafonga oid yangiliklar markazning @trm_metodika kanalida e’lon qilib boriladi.
31.4K views20:05
Ochish/sharhlash
2023-12-25 16:11:56
Maktab direktorligiga nomzodlarni o‘qitish va menejerlik sertifikatini berish tartibi belgilandi

Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

2024-yil 1-yanvardan boshlab — Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish hamda maxsus portal orqali ularga menejerlik sertifikatini elektron shaklda berish tizimi joriy qilinadi;

2024-yil 1-sentabrdan boshlab — menejerlik sertifikatiga ega umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbar hodimlariga sertifikat amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga har oylik qo‘shimcha ustamalar quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:

maktab direktorlariga – 50 foiz;
direktor o‘rinbosarlariga – 30 foiz.

Shuningdek, mazkur qaror bilan tasdiqlangan tegishli Nizom talablariga ko‘ra:


umumta’lim maktablari direktorlari har 5 yilda bir marotaba belgilangan talablarga muvofiq menejerlik sertifikatini olishi talab etiladi;
nomzodlar maxsus portal orqali elektron shaklda ro‘yxatdan o‘tadi;

sertifikat 5 yil davomida amal qiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
17.2K views13:11
Ochish/sharhlash
2023-12-24 15:36:43
Янгиликлар 24 | Таълим тизимини рақамлаштириш борасида Республика илмий-амалий конференцияси ташкил этилди

#24dec #uzbekiston24
35.3K viewsedited  12:36
Ochish/sharhlash
2023-12-22 20:37:45
Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi — ta’lim islohotidagi qaldirg‘och loyihalarimizdan biridir. Bu, shuningdek, maktab o‘quvchilari o‘zini namoyon qilishi uchun ajoyib imkoniyat va astoydil o‘qib bilim olishi uchun rag‘bat hamdir.

Ushbu tanlovda 6885 ta maktab va 7–9-sinflarning 35 mingga yaqin o‘quvchilari ishtirok etdi. G‘olib jamoalar pul mukofotlariga ega bo‘ldi va 70 nafar finalchi 14 nafar o‘qituvchi hamrohligida Buyuk Britaniyada bo‘lib qaytdi, ular u yerda bir hafta mobaynida nufuzli ingliz maktablarining o‘quvchilari sifatida dars va mashg‘ulotlarda qatnashishdi. Shuningdek, ular London, Oksford va Kembrij shaharlari bilan ham tanishishdi. O‘qituvchilar esa ingliz tilini o‘qitishning eng ilg‘or metodikalarini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Bugun biz tanlov va fan olimpiadalari g‘oliblari bilan Prezident Administratsiyasida uchrashdik, men ularga mamnuniyat bilan Administratsiya ish faoliyati haqida tushuncha berib, ekskursiya uyushtirdim. Bolalar aqlli va qiziquvchan. Ko‘ngli ochiq va to‘g‘riso‘z. Ular bizning kelajagimiz.

Har biringiz — davlatimizning boyligi, biz sizlarning bilimga intilishingizni qo‘llab-quvvatlashga va rag‘batlantirishga tayyormiz. Chunki farzandlarimiz muvaffaqiyat eshiklarini nafaqat o‘zlari uchun ochadilar. Balki hammamiz uchun, butun mamlakat uchun!
40.8K views17:37
Ochish/sharhlash