Get Mystery Box with random crypto!

#Xorijiy_hamkorlik #Finlyandiya Finlyandiya Milliy taʼlim a | A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti

#Xorijiy_hamkorlik
#Finlyandiya

Finlyandiya Milliy taʼlim agentligi vakillari Menejerlik o‘quv kurslari faoliyati bilan tanishdi

Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy tadqiqot instituti rahbariyati Finlyandiya Milliy taʼlim agentligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda taʼlim tizimi xodimlarining salohiyatini, xususan, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, taʼlim sifatini baholash, taʼlimda liderlik, Inklyuziv taʼlimni rivojlantirish borasidagi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, "Menejerlik o‘quv kursi"ning tashkil etilishi, uning maktab ta'limi tizimi uchun zamonaviy fikrlaydigan kadrlar zaxirasini shakllantirishdagi ahamiyati to‘g‘risida axborot berildi.

Uchrashuv so‘ngida Finlyandiya Milliy taʼlim agentligi vakillari Toshkent Xalqaro Universitetida tashkil etilgan "Menejerlik o‘quv kursi"ning dars mashg‘ulotlarida qatnashib, o‘quv kurslarini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarini bildiridilar.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook
YouTube |  Instagram