Get Mystery Box with random crypto!

#hududiy_malaka_oshirish Malaka oshirish sifatini yaxshilash | A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti

#hududiy_malaka_oshirish

Malaka oshirish sifatini yaxshilash bo‘yicha Andijon viloyatida ochiq suhbat bo‘lib o‘tdi

Ayni kunlarda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori A.Ismailov Andijon viloyatida bo‘lib turibdi.

Bugun institut rektori ishchi guruh bilan birgalikda viloyatning Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi faoliyati, moddiy-texnik bazasi, tinglovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Markazda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar va tinglovchilar bilan uchrashib, ochiq suhbat o‘tkazdi.

Uchrashuvda malaka oshirish o‘quv dasturlari mazmuni, sifati va modelini zamonaviy shaklda rivojlantirish masalalari yuzasidan fikrlar almashildi. Ularning fikr-mulohazalari, takliflari eshitildi.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram