Get Mystery Box with random crypto!

Xalq taʼlimi pedagoglari diqqatiga! Xalq taʼlimi vazirining | A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti

Xalq taʼlimi pedagoglari diqqatiga!

Xalq taʼlimi vazirining 2021 yil 24-sentabrdagi 309-sonli buyrug‘i asosida “Uzluksiz kasbiy taʼlim” platformasida respublikamizning boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari tajriba-sinov tariqasida yo‘lga qo‘yilgan edi.

Endilikda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-son qarori asosida "Xalq taʼlimi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom" tasdiqlanganligi munosabati bilan 2022-yil uchun malaka oshirish kurslari kontentlarining yangilanishi rejalashtirilmoqda. Shu sababli barcha boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan 20-yanvar soat 00:00 ga qadar kurslarni yakunlab olishlari so‘raladi. 21-yanvar sanasidan boshlab kredit modul ballarini yig‘ish yangitdan boshlanadi hamda malaka oshirish kurslari fanlar kesimida bosqichma-bosqich faollashtiriladi.

Faollashtirilgan kurslar haqida A.Avloniy ilmiy-tadqiqot institutining rasmiy ijtimoiy sahifalarida va Raqamli pedagogik xizmatlar telegram kanalida rasmiy eʼlonlar berib boriladi.

Biz bilan yangiliklar yana-da yaqin. Ulaning
https://t.me/raqamli_pedagogik_xizmatlar