Get Mystery Box with random crypto!

#LMS_yangiliklari Xabaringiz bor, “Uzluksiz kasbiy ta’lim” | A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti

#LMS_yangiliklari

Xabaringiz bor, “Uzluksiz kasbiy ta’lim” platformasida ro’yxatdan o’tishning so’nggi muddati 12-dekabr etib belgilangan edi. Biroq ustozlarimizdan kelayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda va ularga yanada qulaylik yaratish maqsadida platformada ro’yxatdan o’tish muddatini 20-dekabrga qadar uzaytirilganini ma’lum qilamiz.

Hurmatli ustozlar! Sizlardan imkon qadar tezroq belgilangan muddatda (uzaytirilgan muddatning ham so’nggi kunini kutmasdan, hoziroq) ro’yxatdan o’tishingizni va Reyestr qismidagi kelasi yil uchun o’zingizga maqul kelgan malaka oshirish shaklini tanlashingizni so’rab qolamiz.

Ma'lumot uchun tizimda ro'yxatdan o'tish faqat bir marta amalga oshiriladi va bu pedagogik faoliyatingizning yakuniga qadar amal qiladi. Ya'ni har yili qayta-qayta ro'yxatdan o'tishingiz shart emas.

Hamkasblaringiz bilan ulashing, foydasi tegsa xursand bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarimiz
Telegram | Facebook | Website | YouTube |