Get Mystery Box with random crypto!

제 15과 문법 습니다 ~ ㅂ니다 / 습니까 ? ~ ㅂ니까? Tarjima: | Avegon School Korean🇰🇷

제 15과
문법

습니다 ~ ㅂ니다 / 습니까 ? ~ ㅂ니까?
Tarjima: yoʻq
Qoʻshiladi: Fe'l / Sifat

Bu gramatika huddi 입니다 / 입니까? dek gapni tugallash uchun uchun ishlatilinadi va gapni oxiridagi soʻzga qoʻshiladi faqat oxiridagi soʻz fe'l yoki sifat boʻlishi kerak!

습니다 faqat darak gaplarning oxiridagi 반침li Fe'l yoki Sifatga qoʻshiladi.
Masalan - tasavvur qiling , biz darak gap tuzdik va uni oxiri Fe'l yoki Sifat bilan tugadi:
저는 책이 있습니다
Tarjima: menda kitob bor
yoki
그분은 돈이 없습니다
Tarjima: u odamni puli yoʻq

Aytgancha , Koreys tilidagi 있다 - [ bor ] , 없다 - [ yoʻq ] soʻzlari Fe'l soʻz turkumiga kiradi!

ㅂ니다 faqat darak gaplarning oxiridagi 받침siz Fe'l yoki Sifatlarga qoʻshiladi.
Masalan: tasavvur qiling biz darak gap tuzdik va uni Fe'l yoki Sifat bilan tugadi:
오늘은 공부를 합니다
Tarjima: bugun dars qilaman.
yoki
오늘은 학교에 갑니다
Tarjima: bugun maktabga boraman.

습니까? ham shular bilan bir xil faqat darak gapda emas balki soʻroq gap oxiridagi 받침li Fe'l yoki Sifatga qoʻshilib tarjimasi "mi " boʻladi.

ㅂ니까? esa soʻroq gapning oxiridagi 받침siz soʻzlarga qoʻshilib tarjimasi huddi 습니까? nikidek boʻladi.

Hozircha Rasmiy uslubdagi ba'zi gapni tugallavchi qoʻshimchalarni oʻrganishni yakunladik

Bundanda qiziqarli va foydali gramatikalarni oʻrganmoqchi boʻlsangiz , shunchaki bizni kuzatishda davom eting

Doʻstlarga ulashishni unutmang!


Avegon school