Get Mystery Box with random crypto!

Onamdan uzur so’ray olmayabman… O’tgan kuni bir yigit bilan s | Abdulla Avazov | AA

Onamdan uzur so’ray olmayabman…

O’tgan kuni bir yigit bilan suhbatlashib qolganimda, u o’zini ichidagi dardini aytdi… “onamni hafa qilib qo’yganman, hech ulardan uzur so’ray olmayabman, nimadur to’sqinlik qilyabdi…” dedilar va bilaman-ki, bu hol faqat u yigitda emas. Ko’p o’quvchilarim aytadi, “ustoz, oyimni erkalashga uyalaman, oyimga, dadamga yaxshi ko’rishimni ayta olmayman” nima qilay? degan gaplarni ko’p eshitaman. Sizlarga mana shu holatlarni yo’q qiladigan bir usulni o’rgataymi?

Tassavur qiling onangiz vafot etdi, ular kafanlandilar, ular oq kafanga o’ralgan holda qarshingizda jonsiz holda yotibdilar va sizga so’nggi so’zni aytishga imkon berildi… sizga kimdur “oyingga so’nggi so’zingni aytib ol, bolam, ularni endi bu dunyoda boshqa ko’rmaysan” dedi… yuragingiz to’xtab qoldi-a?

Aniq bilaman, ich-ichingizdan ularni yaxshi ko’rishingizni aytmoqchisiz, ular dunyodagi eng chiroyli va mehribon ayol ekanligini aytmoqchisiz. Ammo, ular jonsiz-ku!
Endi, huddi shu holatni qayta tasavvur qiling, dadangiz vafot etdi, oilangiz a’zolaringiz, do’stlaringiz, yaqinlaringiz…

Qanchadan-qancha aytilmagan gaplaringiz bor-a? Ichingizda qancha mehr-muhabbatingiz bor, ularga oshkor qilishga ulgurmagan?!

- Endi menga qarang…)
Hozir yaqinlaringiz tirik, balki otangiz va onangiz ham hayotdir… bu degani, hali sizda imkon bor… ich-ichingizdagi mehrni ularga berishga imkoningiz bor… ulardan uzur so’rashga imkoningiz bor… ularni xursand qilishga imkoningiz bor…

Tushundingiz-a?

Bundan bir yil avval, onamni qabrga qo’yib, qabrdan chiqayotganimda, so’nggi aytganim “ona sizni yaxshi ko’raman” degan so’zlar edi, ammo, ular jonsiz edi…

Sizda hozir imkon bormi? Hoziroq ichingizdagi gaplarni ularga yetkazing. Yaqinlaringizni va o’zingizni ehtiyot qiling. Siz menga keraksiz)

@anvarovsblog