Get Mystery Box with random crypto!

Alloh nomi zikridan yig'laguvchi mo'minlar. Tilovati Qur'onn | AVAZ OXUN ✔️

Alloh nomi zikridan yig'laguvchi mo'minlar.

Tilovati Qur'onni tinglaguvchi mo'minlar.

Har bir qilgan ishlarda sunnatga amal qilib,

So'zlarida Rasulin eslaguvchi mo'minlar.

Neki yaxshilik qilsa, Alloh uchun qilarlar,

Xisob-kitob borligin juda yaxshi bilarlar,

Kechalari uxlamay taxajjudga turarlar,

Yuzi kulib, qalbida yig'laguvchi mo'minlar.

Biror musibat yetsa, unga sabr qilarlar,

Allohning ne'matiga doim shukr qilarlar,

Hamma narsa Allohdan... ekanini bilarlar,

Iymonidan qalblari titraguvchi mo'minlar.

Onasi tirik bo'lsa,duosini olgaylar,

Otasi tirik bo'lsa, rizosini olgaylar,

O'tganlarning haqqiga duo xayr qilgaylar,

Allohning rizosini izlaguvchi mo'minlar


Barcha moʻmin musulmonlarga Juma ayyomi muborak boʻlsin

АЛБАТТА ЎЗ ЯҚИНЛАРИНГИЗГА ҲАМ УЛАШИНГ! | •


Do'stlarga yuboramiz

@Chegara_uz