Get Mystery Box with random crypto!

Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda “Lacetti” rusumli t | 🚨AUTO CLUB UZB🇺🇿

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Lacetti” rusumli transport vositasi yoʻlning qarama-qarshi tomoniga chiqib harakatlanganligi aks etgan video tarqalib, koʻplab muhokamalarga sabab boʻldi. Mazkur holat yuzasidan quyidagilar aniqlandi.
Joriy yilning 24 avgust kuni taxminan soat 22.20 larda 1986 yilda tugʻilgan J.M. “Lacetti” rusumli davlat raqami 01M 701 CA boʻlgan transport vositasini tegishli hujjatlarsiz, haydovchilik guvoxnomasiga ega boʻlmagan holda boshqarib, Chilonzor tumani Bunyodkor shoh koʻchasida yoʻlning qarama-qarshi tomonida harakatlangan.
Huquqbuzarlik sodir etgan J.M.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 128 prim.5-moddasi 2-qismi, 135-modda, 194-modda bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan. Toʻplangan hujjatlar oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqish uchun jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tumani sudiga taqdim etildi.

AUTO CLUB UZB