Get Mystery Box with random crypto!

​​ #ibrat_time O'ZGANING SAVDOSI USTIGA SAVDO QILISH HAROMD | Avto Video Full HD

​​ #ibrat_time

O'ZGANING SAVDOSI USTIGA SAVDO
QILISH HAROMDIR

- Savdoda harom qilingan ishlardan biri
birovning savdosi ustiga, u baholashishni
tugatmay turib savdo qilishdir.


Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat
qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kishi
o'z birodarining savdosi ustiga savdo
qilmasin, oz birodari sovchiligi ustiga
sovchilik qilmasin. Faqat unga o'zi izn bersa, mayli», dedilar».

Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy va
Nasoiy rivoyat qilishgan
. Boshqa bir rivoyatda:
"Musulmon o'z birodarining savdolashishi ustiga savdolashmasin", deyilgan. Ushbu hadisi sharifda savdoda sodir bo'lib turadigan ikki xil ishdan nahyi qilinmoqda qilish.

Birovning bitirgan savdosi ustiga savdo

Bu ikki xil ko'rinishda bo'lishi mumkin:

Birinchi ko' rinishda birovdan narsa sotib
olgan odamga: «Savdongni buzib, narsasini
gaytarib ber, men senga xuddi shu narsani
arzon narxga beraman»
, deydi.

Ikkinchi ko'rinishda esa: «Birovga narsa
sotgan odamga: «Savdongni buzib, narsangni
qgaytarib ol, men senga undan ko'ra ko'proq
pul to'layman»,
deydi.

Bu kishilar o'rtasida kelishmovchilik, urush-janjal keltirib
chiqaradigan, buzg'unchilikdan iborat ishdir. Erkin bozor
qoidasiga, odamlarning ba'zilari ba'zilaridan
foyda olishiga zid narsadir. Shuning uchun ham bu noto'g'ri ish shariatda man qilingan.

Birovning savdolashishi ustiga
savdolashish

Yani bir kishi bir narsaning ustida
savdolashib qo'ydi, hali bir yo'la sotib olgani
yo'q. Shunda bir odam kelib, sotuvchiga:
"Menga sotsang, undan ko'p narx beraman",
deyishi mumkin emas. Yoki xaridorga
«Mening xuddi shu savdolashgan narsangga
O'xshashnarsam bor, senga arzonga
beraman
», deyishi mumkin emas.

Savdo bitsa, bitib ketdi, bitmasa, uchinchi kishi o'z
maqsadini aytsa bo'ladi. Bu ishda ham
boshqalarga zarar keltirish borligi uchun
harom qilingan.

O'ylab ko' radigan bo'lsak, bozor va savdo sohasida kelib chiqadigan ko'pgina urush-janjal, kelishmovchilikiarning asosiy sabablaridan biri ushbu hadisi sharifda zikr qilingan masaladir. Kishilarning Islom ta'limotlaridan bexabarliklari, xabardorlarning mazkur ta'limotlarga amal qilmasliklari oqibati nima bo'lishini shundan ham bilib olaversak bo'ladi.