Get Mystery Box with random crypto!

​​ #ibrat_time TARMOQLI SAVDO XAROMMI? Savdo borasida bo'l | Avto Video Full HD

​​ #ibrat_time

TARMOQLI SAVDO XAROMMI?

Savdo borasida bo'lib o'tgan jarayonlardan
biri tarmoqli marketing deb nomlangan savdo
turi bo'ldi. Odamlar bu kabi ishdan avval
xabardor bo'lmaganlari uchun aldanib
qolishlar ko'p bo'ldi. Bu boradagi gaplarning
eng mashhuri «QuestNet» tarmoqli marketingi
atrofida bo'ldi.

Ko'pchilik Islom ulamolari «QuestNet»
tarmoqli marketingining ish faoliyatini harom
deb fatvo berishgan.
Masalan, Misrdagi
Al-Azhar universitetining Islom iqdisodiyoti
professori Husayn Shahhata, Qatar davlat
universitetining Islom shariati fakulteti
professori Ali Muhiddin Qoradog'iy, Saudiya
Arabistoni fatvo go'mitasi tarmoqli
marketingning barcha ish yo'nalishlarini
harom deb fatvo chiqarganlar.

lImiy tadqiqotlar va Fatvo berish Diniy
Qo'mitasining 22935-raqamli fatvosi:

Bu kabi oldi-berdi qilish harom.
Sababi, bu oldi-berdidan maqsad, mahsulotni sotish
emas, balki ko'proq foyda ko'rishdir.
Bunda o'n minga sotilayotgan mahsulotning asl
narxi yuz so'mdan ham oshmasligi mumkin.
Bunday kompaniyalar sizni kichikroq
miqdordagi pul bilan (biror mahsulotni sotib
olish bilan) kompaniyaga qo'shilish, keyin esa
bu pulni bir necha barobar qilib qaytarib olish
imkoniyati bilan o'zlariga jalb qiladilar. Aslida
kompaniyaning mahsulot taklif qilishi
ko'zbo'yamachilik, xolos. Kompaniyaning
asosiy maqsadi mahsulotni sotish emas, balki
piramidaga ko'proq odamlarni jalb qilishdir.

Bu kabi oldi-berdida aldov, hiyla,
ko'zbo'yamachilik va insonlarni laqillatish bor.
Yuqorida aytilganidek, kompaniya oz
mahsulotini sotishni o'zining asosiy maqsadi
qilib ko'rsatadi, bu esa yolg'on. Shuningdek,
insonlarga agar kompaniyaga azo bo'lishsa,
katta foydalarga ega bo'lishlari va'da qilinadi,
bu esa hali noaniq.

Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki
bizni aldasa, u bizdan emas»
, deganlar.

Hakim ibn Hizom roziyallohu anhudan
Imom Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan
boshqa hadisda esa Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam: «Sotuvchi va xaridor to
tarqalgunlariga qadar ularning ixtiyori
o'zlaridadir. Agar rost so'zlasalar va molningg
aybini aytsalar, ularning bu savdolariga
baraka beriladi. Agar molning aybini
yashirsalar va yolg'on sozlasalar, bu savdolarining barakasi bo'lmaydi»
, deganlar.


Telegram | Instagram