Get Mystery Box with random crypto!

Avstraliyaga Vaqtinchalik ishlash vizasi haqida batafsil: Aga | Australia | Edu🇦🇺

Avstraliyaga Vaqtinchalik ishlash vizasi haqida batafsil:

Agar “Medium and Long-term Strategic Skills List” (O‘rta va uzoq muddatli strategik kasblar ro‘yxati) ro‘yxatiga kiruvchi kasblardan biriga ega bo‘lsangiz, boshida 4 yillik viza olishingiz mumkin. Kamida 3 yil ishlaganingizdan so‘ng talablarga javob bersangiz doimiy vizani qo‘lga kirita olasiz.
Agar “Short-term Skilled Occupation List” (qisqa muddatli malakaviy kasblar ro‘yxati)ga kiruvchi kasb bilan shug‘ullansangiz, 2 yillik ishchi vizasiga hujjat topshirsangiz bo‘ladi. O‘zingizni ijobiy taraflama ko‘rsata olsangiz, vizangizni yana 2 yilga uzaytirish imkoniga ega bo‘lasiz. Jami 4 yil o‘tgach, Avstraliyadan chiqib ketishingiz yoki doimiy viza olishingiz kerak bo‘ladi.
Har ikki holatda ham taklif qilingan ishda kamida ikki yil ishlashingiz talab qilinadi. Bundan tashqari, ingliz tilini ham bilishingiz kerak.

@Australian_Uzbek