Get Mystery Box with random crypto!

#bilasizmi Soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaslik maʼmur | Audit Pro | Rasmiy

#bilasizmi
Soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaslik maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻladi.

Soliq kodeksining 220-moddasi yangi tahrirda bayon etildi.

2022-yildan soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaganlik uchun korxonaning mansabdor shaxsi (direktor va (yoki) bosh buxgalter) maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Soliq hisobotlarini oʻz vaqtida taqdim etmaslik MJtK 175-moddasiga muvofiq, 1 - 3 BHM miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

2022-yilga qadar SK 220-moddasiga asosan, hisobotni vaqtida taqdim etmaganlik uchun ushbu hisobot boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasini belgilangan muddatda toʻlanmagan har bir kechiktirilgan kun uchun 1% miqdorida, lekin koʻrsatilgan summaning 10%idan ortiq boʻlmagan miqdorida jarima solishga sabab boʻlar edi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlarga obuna bo'ling