Get Mystery Box with random crypto!

Malaka test sinovlarida eng yuqori natija ko‘rsatayotgan hudud | Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun

Malaka test sinovlarida eng yuqori natija ko‘rsatayotgan hududlar nomi ma'lum qilindi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan kimyo, fizika hamda O‘zbek tili (Davlat tili), ona tili va adabiyot fanlari bo‘yicha qaysi hudud pedagoglari yaxshiroq natija ko‘rsatayotgani ma’lum qilindi.

30-apreldagi kimyo, fizika fanlaridan test sinovlarida o‘rtacha ball natijalarining tahlili bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar:

Andijon viloyatida – 65,24 ball;
Buxoro – 64,47 ball;
Namangan – 62,28 ball;
Farg‘ona viloyatida esa – 61,32 ball qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 25-apreldagi O‘zbek tili (Davlat tili), ona tili va adabiyot fanlaridan test sinovlarida o‘rtacha ball natijalari tahlili bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar:

Buxoro – 69,98 ball,
Xorazm – 69,22 ball,
Toshkent shahri – 67,9 ball
Farg‘ona viloyatida esa – 65,43 ball qayd etilgan.
Ta’lim nazorati

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring