Get Mystery Box with random crypto!

Zavq bilan ishlash uchun kasb tanlaymiz! Ba'zilar yaxshi pul t | ATTESTATSIYA maktabi

Zavq bilan ishlash uchun kasb tanlaymiz! Ba'zilar yaxshi pul topish yoki umuman yashash uchun.
Men har doim dizayner bo'lishni xohlaganman. Rasmni zo'r chizardim. Muhimi, xotirjam ijodiy ishingni bajarasan. Tabiatan sokin ish bilan shug'ullanish menga yoqadi. Sen boshqalarni emas, o'z iste'dodingni rivojlantirasan, boshqacha aytganda o'zing uchun yashaysan. Balki, ta'lim sohasiga shunchaki bemaqsad kirib qolganlar uchun har kuni 4-5 soat dars o'tib kelish odatiy holatdir. Balki, mehnatining samarasini ko'rmasa ham umrini, asablarini shu ishga tikar. Lekin men aslo unday qilolmayman. Bugun kasb tanlashda qattiq adashganimni tushundim.

Mutlaqo o'zgarmaydigan odamni o'zgartirishga harakat qilish?

Ilm hayotda muhimligini tushuntirish (garchi ilm bizni jamiyatda bir tenga qimmatligini bilsang ham)?

Mavhum kelajakka ishontirish?


To'g'ri, ilmi zo'r odam hayotda o'z o'rnini topadi. Lekin men ilmni anglab o'rganadiganlarga tushuntirgim keladi.


2023-yildagi maqsadlarimdan bittasi: Ta'lim sohasini tark etish.

Turli ta'lim loyihalarini yaratmoqchiman, lekin ta'lim olishni xohlamaydiganlarga aslo dars o'tish rejamda yo'q. Dizaynerlikka mustahkam qadam tashlayman. Ilmni qadri yo'q sohada qolmayman. Asosiy e'tiborimni o'z qobiliyatlarimni rivojlantirishga sarflayman. 3-4 mln pul uchun aslo, hatto abituriyent bo'lsa ham, bemaqsad odamga dars o'tmayman. Bemaqsad auditoriya kerak emas.


Lekin ta'lim sohasini haqiqatan o'zi xohlab tanlagan ustozlar uchun loyihalar qilaman. Sababi, ular butun umrini 2-3-4, boringki, 5-6 mln oylikka tikyapti. Lekin men butun umrimni mavhum, ishonchsiz sohaga tikolmayman. Ba'zilar aytadi, biz pulga emas, bolalar uchun ishlaymiz deydi. Men esa qani o'sha o'qitgan bolalarim, ular nimani o'zgartirdi deyman?


Ta'lim sohasi men uchun katta tajriba maydoni bo'ldi. Sizga kasbingiz ham zavq, ham yaxshi yashash imkoniyatini berishi kerak.


t.me/sojida_ganiyevaa