Get Mystery Box with random crypto!

MS_SINOV guruhi haqida ma'lumot! Bu guruh doimiy ravishda MI | ATTESTATSIYA maktabi

MS_SINOV guruhi haqida ma'lumot!


Bu guruh doimiy ravishda MILLIY SERTIFIKAT SINOV testlarini oladi.


Guruhga qo'shilish uchun bizning kurslarda ishtirok etishingiz yoki to'lov asosida har test bo'lganda qo'shilishingiz mumkin.



MS_SINOV GURUHINING 1-natijasi ekspertdan o'tib, shunday xulosalarga keldik:



Imloda muammo yo'q
Leksikologiyada muammo yo'q
Morfologiya 12 ta so'z turkumini mukammal o'rganmasangiz, 6-7 ball shu yerda yo'qotib qo'yasiz.
Morfemika qo'shimcha bilan bog'liq savollar anchagina va bu bo'limni ham to'liq o'rganing.
Sintaksis sodda savollarda muammo yo'q
Sintaksis so'z birikmasi va grammatik bog'lanish, gap bo'laklari tahlilini mukammal o'rganmasangiz 10 balgacha yo'qotasiz.
Punktuatsiya 5 ball yo'qotasiz. Bu bo'limda ham muammo bor. Punktuatsiyani o'rganmasangiz, ESSEDA ham 2-3 ball yo'qotasiz.
Matnli test. Ona tili. 5 ta savol har biriga 1,7 baldan. Muammo yo'q. Ishlasa bo'ladi.
Matni test. Adabiyot. 5 ta savol har biriga 1,1 baldan. Muammo yo'q. 2 ta savoli tilga bog'lanadi uslubiy jihatdan. Shuni xato qilib qo'ymang.
Mustaqil o'qiladigan 5 ta asar. 3 ta savol. Muammo yo'q.
She'riy san'at. 6 ta savol. 10 ball atrofida. KURSIMIZDA ishtirok etganlarda muammo yo'q.
G'azal tahlili 5 ta savol. 2,5 baldan 12,5 ball. Maxsus "G'AZAL TAHLILI" guruhimizga qo'shiling. 50 ta g'azal ko'rmasangiz xato bilan chiqaveradi.
Qit,a, fard. She'riy janr mazmunini aniqlash. Tayyor tekst bor. Muammo yo'q.


Esse.
Imlo 3-4 ball
Uslub 3-4 ball
ESSE SXEMASI VA MAZMUNI 5-10 ball

Shu xatolarni qilmaslik va ball yo'qotmaslik uchun ESSE guruhga qo'shiling. ESSEda yechim berishni ko'pchilik eplolmayapti. Ballarni ozgina ayab qo'ydim esseda. Lekin imtihonda ayamaydi.



TAVSIYA:

Qayerda kamchilik bo'lsa, shunga mos gruppa topib qo'shiling. 2 oyda sertifikat olish uchun kerak bo'lsa, 4-5 ta gruppada o'qing.

t.me/Attestatsiya_ustoz