Get Mystery Box with random crypto!

Ramazon oyi nafaqat ibodat, Allohning ajru savoblariga erishis | Аngor tumani hokimligi axborot xizmati

Ramazon oyi nafaqat ibodat, Allohning ajru savoblariga erishish, balki xayru saxovat, insonlar o‘rtasida mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlovchi muborak oydir.

Angor tumanining 3-sektor hududida joylashgan "Nihol" to‘yxonasida tashkil etilgan iftorlik dasturxoniga nuroniylar, yagona ijtimoiy himoya reyestrida turgan fuqarolar taklif etilib, ro‘zadorlarga mehr ulashildi.

Eng muhimi, bu ishlarni tashkil etishda tuman hokimligi, sektor rahbarlari, nuroniylar, mahalla yig‘inlari mas’ul bo‘lib, ramazon oyining mazmun-mohiyatida mujassam bo‘lgan odamiylik, inson sha’nini ulug‘lash, yaxshilik va mehr-saxovat , tinch va osoyishta hayotni qadrlash, oila va mahallalarda, mehr-oqibat, o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash kabi ezgu fazilatlar ularga namoyon etiladi.

Kanalga ulanish https://t.me/athmx

Angor tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram Facebook  YouTube Web-site