Get Mystery Box with random crypto!

G'ariblarni yomon ko'rmang! G'ariblar kimlar? Insonlar orasida | 𝐌𝐚𝐱𝐛𝐮𝐛𝐢𝐦🤍

G'ariblarni yomon ko'rmang!
G'ariblar kimlar?
Insonlar orasida Islom ahli g'aribdurlar,
Islom ahli orasida mo'minlar g'aribroq.
Mo'minlar orasida ilm ahli g'aribroq.
Ilm ahli orasida sunnatni havo, nafs va bid'atlardan ajratadiganlar undanda g'aribroq.
Eng g'aribrog'i sunnatga da'vat qilib, unga xilof qilganlar aziyatiga sabr qiluvchilar.
Lekin ular yolg‘iz emasdurlar. Ular bilan Alloh bor. Ular Allohning do'stidurlar. Va ular eng bahtli insonlardir.
Sufyon Savriyرحمه الله :
Ahli sunnaga yahshi muomalada bo'ling. Chunki ular g'aribdurlar.
G'ariblarni yomon ko'rmanglar. Chunki ular ma'siyatda yurgan tengdoshlari orasida yolg'iz o'zi "Qanday qilsam Robbimning roziligini olaman" deb kitobu-sunnatga muvofiq yashashga urinyatgan yoshlardir.
G'ariblarni yomon ko'rmang.Chunki ular Vatanida g'arib bo'lganlardir. Ularni yomon ko'rmanglar, chunki ular o'z yor-u do'stlari orasida, o'z oilasida, o'z jamoatiga g'arib bo'lgan kishilardir.

Ey g'ariblar sobitqadam bo'ling. Bilingki u zamonda dinini ushlaganlar huddiki cho'g' ushlagan kabidur. Va yana bilingki Alloh taolo g'arib sanalishiga qaramay, sobit turganlar uchun ko'z ko'rmagan, quloq eshitmagan va hechkimni aqliga kelmagan narsalar tayyorlab qo'ygandir. Bu mukofot sobit turib g'ariblik zamonida dinini mahkam ushlaganlar uchundir. G'ariblarga tubo bo'lsin.
Alloh taolo bizni shular qatorida bo'lishimizni nasib qilsin. Amin!?

𝐌𝐚𝐱𝐛𝐮𝐛𝐢𝐦