Get Mystery Box with random crypto!

EZGULIK VA YAXSHILIK TARANNUMI Zahiriddin Muxammad Bobur oʻzi | Kanal

EZGULIK VA YAXSHILIK TARANNUMI

Zahiriddin Muxammad Bobur oʻzining sermazmun, serqirra ijodi bilan jaxon adabiyoti xazinasiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk siymolardan biridir. Bobur yoshligidan adabiyotga qiziqdi va sheʼr sanʼatini ilhom bilan turli mashur va moʼtibar manbalar orqali sinchiklab oʻrganadi, nazm ishiga bel bogʻlaydi. Bobur asta-sekin baytlardan tugallangan gʻazallar, ruboiylar, tuyuqlar, masnaviylar bitib, sheʼriy kamolat choʻqqisiga koʻtariladi.

Bobur sheʼrlarida tarixiylik bilan lirizm oʻzaro uygʻunlashib boradi. Shoir lirikasining markazida mehr-muhabbat,ezgulik, yaxshilik mavzusi sadoqat va vafodorlik tuygʻulari doimo ustuvor turgan. Oliyjanoblik, ezgulik, yaxshilik mehr-muhabbatni tarannum etgan.

Universitetimizda Zahiriddin Muxammad Bobur hayoti va ijodiy faoliyatiga bagʻishlangan ilmiy-nazariy anjumanlar, adabiy-badiiy kechalar doimiy ravishda o'tkazilib kelinmokda. Unda biz talabalar ham faol ishtirok qilmoqdamiz.

14-fevral - Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi kuniga bagʻishlab oʻtkazilgan adabiy-badiiy tadbirda professor va oʻqituvchilar, talabalar buyuk qomusiy olim, sermazmun ijod sohibining keng qirrali faoliyatiga atroflicha toʻxtaldilar.

”Boburnoma" tarixiy asari xususida soʻz yuritilib, unda oʻsha davrdagi bir qator fanlar (jogʻrofiya, nabotot, hayvonot, etnografiya va boshqalar)ning ilmiy yutuqlari oʻz ifodasini topganligi aniq misollar bilan qayd etildi. “Boburnoma”da koʻl va daryolar, togʻ va xilma-xil oʻsimliklar, adabiyot, sanʼat, shahar va qishloqlarning tabiati, xo'jaligi, ilm-fani, madaniyati va boshqa jihatlari ham mukammal tasvirlanadi.

Ushbu buyuk qomusiy asar doimo katta qiziqish bilan mutolaa qilinadi.

Bu shoh asarda Zahiriddin Muxammad Boburning yuksak badiiy mahorati, sodda va tushunarli uslubi, uning oʻziga xos betakror goʻzalligi oʻz aksini Topgan

Tadbirda Zahiriddin Muhammad Boburning ruboiylari, gʻazallari talabalar tomonidan yoddan oʻqildi. Ulugʻ shoir gazallari yosh isteʼdod egalari, sanʼatkorlar tomonidan kuylandi.

To'xtasinova Naimaxon
Andijon davlat universiteti talabasi

Andijon davlat universiteti rasmiy sahifalari
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube