Get Mystery Box with random crypto!

Reallik va Sarob, Koinot va biz Ushbu po'st uzun bo'lsa ham | KOINOT SIRLARI

Reallik va Sarob, Koinot va biz

Ushbu po'st uzun bo'lsa ham o'qing juda qiziq

#Bilasizmi ? biz osmonga qarasak real tasvirni emas balki sarobni ko'ramiz.
Yani Quyosh , oy va yulduzlar, sayyoralar va somon yo'li, va boshqa uzoq uzoq obeyktlar. Haqiqiy real vaqtdagi tasvirni ko'rmaymiz hatto 10 metr uzoqlikdagi jismni ham qanchadr miliart nano sekun orqasidagi vaqtni ko'ramiz.

Nega biz osmondagi jismlarni real vaqtdagi ko'rinishini kormaymiz ?
Ular ham bizni real vaqtdagi ko'rinishimizni emas balki o'tmishdagi holatni ko'rishadimi ?

Bariga sabab bu yorug'likdadir. Biz osmondagi jismga yoritqich tegib yerga qaytishi tufayli yoki yoritqichni o'zi yorug'lik chiqarishi tufayli ko'ramiz.
Bilamiz yorug'lik tezligi 300 000 km/sekund !.

Quyosh va yer o'rtasidagi masofa 150 000 000 km, endi bu o'rtasidagi masofani 60 ga bo'lib so'ng yorug'lik tezligiga bo'lsak daqiqa hosil boladi !

Quyoshdagi yorug'lik yerga 150 000 000 : 60 : 300 000 = 8 daqiqada yerga yetib boradi va yer quyoshdan 8 yorug'lik daqiqasi uzoqlikda joylashgan.
va shundan ko'rini turibdiki biz quyoshni 8 daqiqa oldingi o'tmishini ko'ramiz.
Masalan: erta sahar tongda tekkiz yerda quyosh ufqdan chiqishini kutamiz, quyosh endi chiqay deganida biz uni koramiz. Aslida quyosh 8 daqiqa avval chiqib bolgan edi lekn 8 daqiqa o'tib biz tasvirni koryabmiz

yoki tongni o'rtasida 12:00 da quyosh koinotdan behosdan yo'qolib qoldi desak biz 12:00 da uni yo'qolib qolganini ko'rmaymiz, balki oradan 8 daqiqa o'tganida yani 12:08 da yo'qolib qolganini ko'ramiz.

Bu degani vaqt va ko'rinish ham Nisbiydir.

yer va oy o'rtasidagi masofa 384 400 km (1 yorug'lik soniyasi uzoqlikda)
yer va yupiter o'rtasidagi masofa 968 000 000 km (1 soat 47 daqiqa "107 yorug'lik daqiqasi uzoqlikda")
yer va pluton o'rtasidagi masofa 7,5 milliard kilometr (4,13 kun "41 666 yorug'lik daqiqasi uzoqlikda")

siz (yer) va o'sha jism oralig'idagi masofani 60 ga va so'ng esa 300 000 ga bo'lsangiz yorug'lik daqiqasi kelib chiqadi, va o'sha obeyktni real tasviri necha daqiqa orqada ekanini ham bila olas.

Yerga eng yaqin ekzosayyora Kepler 22b va yerga oxshash sayyoragacha masofa 587.1 yorug'lik yili,
Yerga eng yaqin yulduzgacha masofa Proxima Centauri 4.24 yorug'lik yili uzoqlikda.
joylashgan, yani Proxima Centaurini biz eng kuchli teleskopda ham qarasak 4.24 yil oldingi korinishini yoki Kepler 22b ekzo sayyorasini 587.1 yil oldingi ko'rinishini ko'ramiz.

1054- yilda xitoylik falakiyotshunoslar tomonidan, ho'kiz yulduz turkumida juda kuchli chaqnash ko'radi. u chaqnash Qisqichbaqasimon tumanlik (messye 1) ni supernovasi (kuchli yulduz portlashi) edi.

Va u yerdan 6,523 yorug'lik yili uzoqlikda joylashgan.
Demak 1054- yili real vaqtda yulduz portlamagan, balki u vaqtdan 6 523 yil avval portlagan va uni yorug'ligi 6 523 yildan so'ng yetib kelib bizga koringan.

demak ushbu malumotlar shuni korsatadiki "Men yorug'lik tezligiga ega bo'lsam Flesh va boshqa super qahramonlarga o'xshab koinotni istalgan qirrasiga 1 deganda yetib boraman" degan o'y hayolarni yig'ishtiring degani siz yorug'lik tezligiga ega bolsangiz ham eng yaqin yulduzga 4 yilda yoki pluton sayyorasiga 4 kun deganda yetib borasiz, balki uzooq uzoqdagi ekzosayyoralarga 200 milion yorug'lik ili uzoqlikdagi yulduzga siz 200 milion yilda borasiz.
balki u yer teleskopda hayot bordek tuyulsa borganingizda u yerda hayot tugab bolgandr ? yoki u o'z yulduzini ichiga kirib ketgandr ?

Shunday ekan biz osmonda saroblarni (sharpalarni) ko'ramiz va u yerga yorug'l;ik tezligida ham ancha vaqt davomida yetib boramiz.

@Astronomiya