Get Mystery Box with random crypto!

Chorsudagi planetariyning Toshkent citydagisidan ustun tomonla | KOINOT SIRLARI

Chorsudagi planetariyning Toshkent citydagisidan ustun tomonlari:
Mutahasislar (gid) tajribali va astronomiya hamda kosmanavtikaga oid eksponatlar, rasmlar talaygina. Kosmanavtika haqida juda ko'plab ma'lumotlarga ega bo'lish mumkin.
Narxi ham Toshkent citydagi kabi emas (borganimga ancha bo'lgan lekin)

Alisher Navoiy metrosiga yaqin joyda A'loqa muzeyi ham bor. U yerda adashmasam Oyga uchirilgan apparatning bir qismini modeli ham bor edi. U haqida gid menga gapirgan gaplar hozir yodimda yo'q (adashmasam, o'sha modelning asl nusxasi O'zbekistonda yasalgan yoki O'zbekistonda qazib olingan oltindan qilingan degandi) Bundan tashqari u muzeyda a'loqa sohasiga oid juda ko'p eksponatlar bor. Masalan O'zbekistondagi birinchi simsiz telefon (undan Karimov foydalangan) va boshqa qizqarli va antiqa eksponatlarni ko'rgan edim.