Get Mystery Box with random crypto!

SAMARQAND XALQARO KONFERENSIYAGA MEZBONLIK QILADI 7-8-sentyab | Assalom Agro🇺🇿

SAMARQAND XALQARO KONFERENSIYAGA MEZBONLIK QILADI

7-8-sentyabr kunlari Samarqand shahrida, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan, BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning hamkorligida oziq ovqat xafsizligini ta'minlashga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya tashkil etiladi.

Xalqaro konferensiya jahonda va Markaziy Osiyo mamlakatlarida oziq-ovqat xavfsizligining hozirgi kundagi holatini o‘rganish, Barqaror rivojlanish maqsadlari-2 (BRM-2)ga erishishga to‘sqinlik qilayotgan agrooziq-ovqat tizimidagi ayrim muammolarni muhokama qilish va ushbu masalalar yechimini topishga qaratilgan.

Tadbirda BRM-2 ga kiruvchi, 2030 yilgacha ochlikni bartaraf qilish, oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanishni yaxshilash, qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishni o‘z ichiga olgan “Nol ochlik” maqsadiga erishish borasidagi chora-tadbirlar qanday amalga oshirilayotgani chuqur tahlil qilinadi.