Get Mystery Box with random crypto!

Dardini kimga aytishni bilmay yurganlar diqqatiga! Har bir in | Asror Iskandarov

Dardini kimga aytishni bilmay yurganlar diqqatiga!

Har bir insonni oʻziga yarasha muammolari, qiyinchiliklari bor. Ammo, afsuski, juda ham koʻpchilik insonlar xudiki taqdiridan, unga berilgan sinovdan norozidek bor dardini insonlarga aytadi.

Ammo, siz oʻz muammolaringizni boshqalarga aytgandan hech qanday foyda yoʻq. Chunki, 80% insonga sizning muammolaringizni hech qanday ahamiyati yoʻq. Qolgan 20% insonlar esa ustingizdan kulish uchun eshitishi mumkin.

Shuning uchun ham, musulmon kishidan iffatli boʻlishi, yaʼni insonning qanchalik tashvishi, qanchalik muammolari, qiyinchiliklari boʻlishidan qatʼiy nazar bandasiga emas, balki Allohga aytishi talab etiladi.

Chunki, hamma muammolarimiz, hamma dardlarimizning yechimi yakka Oʻzidadir.

@asroriskandarov