Get Mystery Box with random crypto!

Keling sizga yaqinda bo'lgan voqeani aytib beraman. Bitta ya | Никто

Keling sizga yaqinda bo'lgan voqeani aytib beraman.

Bitta yaqin o'rtog'im bor. Kursdoshimiz farzandli bo'ldi, yig'ildik, farzandini ham olib keldi. O'rtog'im u bolachani qo'liga oldi. O'sha kuni kechqurun o'rtog'im bilan gaplashdik. Gaplarini qarang:

"Jo'ra, u bolani qo'limga olganda, mani qanaqa ma'suliyat kutib turganini tushundim. 21 ga kirdim yana 2-3 yildan keyin uylanaman. Ayolimni nimadir yegisi keladi, yoki bolamga kasha, pampers olib kelishim kerak, o'shanda mobodo pul topolmay qolsam nima bo'ladi? Shu narsani o'ylab hozir ichimga sig'mayapman, o'qimasam bo'lmaydi ayolimga eng zo'r hubby bollarimga eng zo'r daddy bo'lish uchun ham hozir o'qishim kerak ekan",-deb qoldi.

Shunda man: "ha, endi odam bo'lyapsan",-deb qo'ydim.

Rostanda, "O'qishga mativatsiyam yo'q, dushanbadan boshlayman, yangi yildan boshlayman",-deb valdirash bu o'zizni o'ziz aldash xolos.

Siz farzand bo'lib ota-onezni boqishiz kerak. Ota, ona bo'lib oilezni boqishiz kerak. Sizni ota-onez ham sizdan o'zi ko'p narsa kutmaydi, lekin bir tasavvur qilib ko'ring ularga umra safariga chipta berdiz, yoki Dadezga yangi Captiva ni sovg'a qilyapsiz - e, mazza emasmi?!

Hech narsani kutish kerak emas, Allohga tavakkal qilib, ishonch bilan harakatni hozir boshlash kerak, niyatni to'g'ri qo'yish kerak, ishoning - ishlariz shunaqangi barakali bo'lib ketadi. Xullas olov bo'lish kerak, tinch o'tirmaslik kerak. Axir har kun berilgan 24 soat bu sizga imkoniyat, Xalq!

Xullas shunaqa gaplar, o'qinglar, iltimos.

@RS_IELTS