Get Mystery Box with random crypto!

Adliya xabari Adliya vazirligi tomonidan Andijon viloyati yur | aslofficial | Andijon viloyati yuridik texnikumi

Adliya xabari

Adliya vazirligi tomonidan Andijon viloyati yuridik texnikumining 5 nafar iqtidorli o‘quvchilari Adliya vazirligi stipendiyasi bilan taqdirlandilar!

Xabaringiz bor, ushbu stipendiyalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF–5987-son “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan Toshkent davlat yuridik universiteti va Adliya vazirligining yuridik texnikumlarining akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lgan talabalari va o‘quvchilarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida adliya vaziri tomonidan 2021-yilda ta’sis etilgan.

Ma’lumot uchun, 2021-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti va Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining 80 nafar talaba-o‘quvchilar ushbu stipendiya bilan taqdirlangan edilar. 2022-yilda 78 nafar talaba-o‘quvchilar ushbu stipendiya bilan taqdirlandilar.

@aslofficial