Get Mystery Box with random crypto!

Andijon viloyati yuridik texnikumiga oʻqishga marhamat! Tex | aslofficial | Andijon viloyati yuridik texnikumi

Andijon viloyati yuridik texnikumiga oʻqishga marhamat!

Texnikumda "yurisprudensiya" yoʻnalishining quyidagi mutaxassisliklari tayyorlanadi:

Davlat-huquqiy faoliyat
Yuridik xizmat
Sud-huquqiy faoliyat

Qabul kvotasi: 160 ta
Kunduzgi taʼlim 100 ta
Sirtqi taʼlim 60 ta

Taʼlim toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Taʼlimning kunduzgi shakli uchun grant ham ajratiladi.

Eng yaxshi natijalarga erishgan oʻquvchilar Adliya vazirining stipendiyasiga ega boʻladilar.

Abituriyentlar hujjatlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (my.dtm.uz) orqali amalga oshirishlari mumkin.

Texnikumga 11-sinf, kollej yoki litseyni tamomlagan fuqarolar qabul qilinadi.

9-sinf bitiruvchilarining hujjatlari qabul qilinmaydi!

Murojaat uchun:
+998 (93) 489 05 56
+998 (93) 488 05 56

SHOSHILING!
Hujjatlar 1-avgustdan 20-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

TANLOVDA ADASHMANG!

Qoʻshimcha maʼlumotlar

Texnikum manzili: Andijon shahri, Cho'lpon shoh ko'chasi 38
Moʻjal: Yoshlar markazi roʻparasida

@aslofficial