Get Mystery Box with random crypto!

Bugun SMD Bootcamp kursimiz ham nihoyasiga yetdi. O’quvchilar | Asliddin Designer | PORTFOLIO

Bugun SMD Bootcamp kursimiz ham nihoyasiga yetdi.

O’quvchilar haqida ikki og’iz gaplarim bor)

Shahzod - kursni boshida juda hayajonlanib, uyalib o’tirardilar, hozir esa ancha tajribaga ega bo’lib, ajoyib posterlar yasab kelmoqdalar.

Asadbek - kursni boshida uyga qaytib ketish niyatlari bor edi, hozir eslab rosa kuladilar, bular ham posterlarni do’ndirib qo’yadilar.

Quvonchbek - kursga kelishdan oldin boshqa o’quv markazni, online kurslarni bitirib kelganlar. Kursda ham yaxshi tajriba orttirdilar, o’rgandilar. Quvonchbek ichki battle’larda “chachib” tashlardilar. Portfoliolarini ko’rsangiz yetarli.

Shoxrux - Grafik dizayn bootcamp’dan beri o’quvchim hisoblanadilar. 8-oy davomida shunday natijaga erishdilar. Shoxruxni «темная лошадка» deb atayman.

Ravshan - bular ham Grafik dizayn bootcamp kursida menda o’qiganlar. Yaxshi bola (uhlaganida)

Sardor - guruhimizni eng kichigi, kichik bo’lsa ham posterlarni kattalarnikidak yasaydi. Jim yuradigan bola

Asliddin - kursni boshida raketa tezligida o’sib, ba’zi bir muammolar sabab o’sishlari sekinlashdi. Lekin yaxshi bolalar.

Diyorbek - kursda ba’zi bir sabab offline o’qiy olmadilar lekin iloji boricha darsdan qolib ketmaslikka harakat qildilar

Muhammadali - bular Grafik dizayn bootcamp’dan beri o’quvchim hisoblanadilar. Yaxshi bola, menimcha

G’iyos - SMD oyining 2-oyida kelgan edilar. Oldin tajribalari bor edi, yaxshi tajriba orttirib oldilar deb o’ylayman.

Ibrohim - Ibrohim bilan 3 yil oldin tanishganmiz, bir markazni bitirganmiz, shirinso’z yaxshi bola.
————————————
Ish beruvchilar diqqatiga!

Hozirda Quvonchbek, G’iyos, Shahzod, Shoxrux, Muhammadali vakansiyalar bo’lsa ko’rib chiqishadi, bemalol murojaat qilishingiz mumkin

Telegram / Instagram / YouTube