Get Mystery Box with random crypto!

Xavfli reys filmi haqida fikrim Janubiy Koreya tomonidan ishl | Asliddin Subxonov

Xavfli reys filmi haqida fikrim

Janubiy Koreya tomonidan ishlangan kinoning asosiy qismi samolyotda boʻlib oʻtdi. Gavayi oroliga ketayotgan samalyotda inson o'ldiruvchi virus yuqqan odam ham chiqadi va birin ketin samalyotdagilarga ham yuqtiradi. Asosiy uchuvchi halok boʻladi. Yordamchi uchuvchi kasallanib Koreyaga qaytib borishgacha boshqarolmaydi va yo'lovchilar orasida bo'lgan uchuvchi samolyotni qo'ndiradi.

Buni yozishimdan maqsadga kelsak, ushbu kino koʻra turib inson boshqa inson bilan sog' paytda qanday muomala qilishi va virus yuqtirganda o'lib ketishini boshqalar tomonidan aytilishi.

Biologik terraktga uchragan samolyotni boshqa davlatlar aeroportiga qo'nishga ruxsat bermagani esa samolyot ichidagi insonlar ahvolini yanada og'irlashtirdi. Biror davlat ruxsat bermagach samolyot orqaga qaytib Koreya qo'nishga majbur yoqilgʻi esa yetmaydi.

Koreyaga qaytgach esa xatto o'z aholisining yarmi ham bu samolyotni qo'nishini xohlamay qulatishni xohlaydi. Samolyot ichidagi sogʻ odam kasallarga aytgan o'lib ket so'zini o'zi ham eshitishi...

1 ta kino orqali insonlar, vatan haqida yaxshi xulosalar olsa boʻladi.