Get Mystery Box with random crypto!

O’GIT Yaxshiroq nazar sol o’ng-u so’lingga, Dushmaning payt po | ASLIDDIN | BLOG✔️

O’GIT
Yaxshiroq nazar sol o’ng-u so’lingga,
Dushmaning payt poylab turar yo’lingda,
Kimga ishing tushsa qarar qo’lingga,
Chin do’sting onangdir, onangni asra.

Yor deganing baxting yondirib ketar,
Shaytonday nafsini qondirib ketar,
Ko’nglingni oy kabi sindirib ketar,
Chin do’sting onangdir, onangni asra.

Davring kelsa davron suradi “do’stlar”,
Faqat o‘z foydasin ko’radi “do’stlar”,
Bugun tili bilan yuradi “do’stlar”,
Chin do’sting onangdir, onangni asra.

Maqsadga mahkam bo’l, yo’lingdan qaytma,
Duch kelgan nomardga siringni aytma,
Onang ham omonat, ko’nglin ranjitma,
Chin do’sting onangdir, onangni asra.

Yaxshiga duch kelsang, yetgin qadriga,
Yaxshi quloq tutar birov dardiga,
Fido bo’lsang arzir odam mardiga,
Chin do’sting onangdir, onangni asra.

Agar ezgu bo’lsa maqsad, muddao,
Albatta, Xudoga yetar iltijo,
Dil, onang haqqiga qilaver duo,
Chin do’sting onangdir, onangni asra.
Chin do’sting otangdir, ularni asra!

#Omad_Tilaymiz
64- Ishtirokchi Dilafruz Obloqulova
@Sheriyat_Tanlovi