Get Mystery Box with random crypto!

Blog’s

Telegram kanalining logotibi aslanbahromov — Blog’s B
Telegram kanalining logotibi aslanbahromov — Blog’s
Kanal manzili: @aslanbahromov
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 89
Kanalning ta’rifi

From the creation to the Creator…

Ratings & Reviews

5.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

3

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-06-15 15:42:31 Ўйлаб қарасам, қайсидир маънода инсонларни китобга ўхшатиш мумкин экан:

Қайсидир китобни қайта-қайта ўқиб зерикмайсиз, яна қайсидири сизга умуман ёқмайди, кўргингиз ҳам келмайди. Баъзи китобларни бир марта ўқиб ёпиб қўйсангиз, баъзиларини ҳатто 3-4 бет ҳам ўқий олмайсиз. Айрим китоблар фақат вақтингизни ўғирлашдан бошқасига ярамайди, айримлари эса сизга олам-олам маъно туҳфа этади. Яна шундай китоблар бўладики, улар сизга қадрдон бўлиб, бутун умрлик дўстингизга айланади. Ана шунақа..

@al_hilaal
133 views12:42
Ochish/sharhlash
2022-06-13 09:12:44 #barchaga_tegishli

Nega haqiqiy do'stlarimizdan ajralamiz?

Biz umrimiz davomida bir qancha insonlar bilan tanishamiz, doʻstlar orttiramiz, ammo ulardan baʼzilarigina bizlarning haqiqiy chin doʻstlarimiz boʻlib qoladi. Biroq, afsuski, hatto ana shu chin doʻstlarimizdan ham baʼzida ajralamiz.

Xoʻsh nega?

Buni bir qancha sabablari bor, ammo men asosiysini keltiraman. Bizning haqiqiy doʻstlarimiz bilan doʻstligimizga nuqta qoʻyishimizning asosiy sababi bu bizning bir-birimizga nisbatan qoʻygan katta kutilmalarimizdir, yaʼni doʻstlarimizdan doimiy yaxshi munosabatda boʻlishini, hech qachon “chopmasligini”, boshqalar bilan biz bilan yaqin boʻlganchalik yaqin boʻlmasligini, stolga payti kelganda u toʻlab yuborishini istaymiz va kutamiz.

Xoʻsh, unda, haqiqiy doʻst boʻlish uchun nimalar muhim?

Bu savolga barchaning shaxsiy javobi, yaʼni fikri boʻlishi kerak deb oʻylayman, masalan, men bir inson bilan doʻstlashish niyatida boʻlsam, uning Allohning amriga itoat etishi hamda qadriyatlarimiz qanchalik mos kelishiga eʼtibor beraman.

Xoʻsh, siz-chi, siz doʻst tanlashda nimalarga eʼtibor berasiz?

@aslanbahromov
140 viewsedited  06:12
Ochish/sharhlash
2022-06-09 10:52:52 The worst prison in the world is a home without peace. Be careful of who you marry or fall in love with!

(c) Johnny Depp's remarks after his divorce from his ex-wife Amber Heard
168 viewsedited  07:52
Ochish/sharhlash
2022-06-06 21:38:16 I am not in love, I am just in love with the idea of being in love!
194 views18:38
Ochish/sharhlash
2022-05-20 21:30:31 - Angladim!
- Nimani?
- Insonni tashqi ko’rinish emas, taqvo yana ham go’zal qilishini!

- Angladim!
- Nimani?
- Bir muammoni hal qilish aslida, ikkinchi muammo boshlanishiga zamin yaratish ekanini!

- Angladim!
- Yana nimani?
- Maqsad himmatga bog’lanmasa, xayrli bo’lmasligini!

- Angladim!
- Ufff, yana nimani?
- Sizni yaxshi ko’rishimni, zero “Albatta, mo’minlar birodardirlar…” Hujurot surasi 10-oyat.

@Insaf_Aliev_Blog
321 views18:30
Ochish/sharhlash
2022-05-15 20:17:21 Qayering qichisa, o'sha yerni qashla!

Inson hayotda ko'proq narsaga erishish, ko'proq ilm o'rganish va hokazolarga nisbatan ko'proq ega bo'lish uchun vaqtini, energiyasini va unga berilgan potensialni imkon qadar to'g'ri sarflamog'i lozim.

Shu sababdan yaqinlashib kelayotgan butun boshlik yoz faslini manfaatli o'tkazish maqsadida allaqachon shakllanib bo'lgan ko'nikmalar ustida emas, balki aynan kamchiliklarim ustida ishlashga qaror qildim.

http://t.me/questianonbot?start=1571241104

Xoh tanishim bo'ling, xoh begona, kamchiligim bo'lsa yoki qandaydir takliflar bo'lsa bemalol ushbu botga yozib qoldirishingiz mumkin.

Nega bu narsani aynan sizlardan so'rayapman, chunki inson o'zini mukammal deb o'ylaydi va o'z kamchiliklarini ko'rmaydi.

Avvaldan barchangizga rahmat!

P/S: botga kim yozganligi ko'rinmaydi, shunday ekan hotirjam bo'ling. Ha aytgancha, yozganlaringiz kanalga ham tashlanmaydi, vapshe hotirjam bo'ling :)

@aslanbahromov
360 views17:17
Ochish/sharhlash
2022-05-13 20:45:05 #unutilgan_sunnat

Do'stlar orasida ko'p uchraydigan holat.

Yaqinda bir do'stim: "Ikki tanishim bilan birga edim, anavi ikkalasi shaxsiy ishlari haqida suhbatlashib o'tirishdi. Ularga qo'shilmoqchi edim, ammo "lichniy razgavor" ekanligini aytishdi. Bu narsa qanchalik to'g'ri?", deb aytib qoldi.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Uch kishi bir davrada birga bo'lganda, ikki kishi hech qachon uchinchi kishini tark etmasin, chunki bu holat uni mahzun qilishi mumkin".

Ayni shu holat najwa deb ataladi va Alloh taolo buni shaytondan deb, bunday qilmaslikni alohida ta'kidlaydi.

Siz ham shu holatga duch kelganmisiz va bunday holatda o'zingizni qanday his qilasiz?

@aslanbahromov
269 viewsedited  17:45
Ochish/sharhlash
2022-05-07 21:07:47 #bbc_club

Ikkinchi o’rin ham teshib chiqmaydi!

1. Ma'lumot tarzida aytib o'tamanki, bugun kunning birinchi qismida Yoshlar Ittifoqi Ko'rgazma zalida Cambridge International University tomonidan tashkil etilgan debatning final bosqichi ishtirokchisi hamda jamoamiz bilan birgalikda 2-o'rin sohibi bo'ldik (umumiy jamoalar uchta edi). Ushbu post nega mag'lub bo'lganligimiz hamda uning hikmatlariga bag'ishlanadi.

2. Muvaffaqiyat ikki tushunchaning yakka holda kelgan ko'rinishi hisoblanadi - Sizning harakatingiz va Allohning istagi. To'g'ri, biz holatga jiddiy yondashgandirmiz, imkon qadar harakat qilgandirmiz, ammo Alloh istamasa, natija biz kutgandek bo'lmaydi.

3. Shuningdek, buni qarangki, mag'lubiyat ham bizga o'z navbatida manfaat keltirar ekan. Masalan, mag'lubiyat sizni ayni holatingiz qandayligi hamda uni qay tarzda rivojlantirish kerakligi haqida fiikr qilishingizga sababchi bo'lishi mumkin, yoki aynan mag'lubiyat sizni aqliy va xarakter jihatdan o'sishingizga ko'mak berishi mumkin.

Postni imkon qadar qisqa-lo'nda, g'ij-g'ij ma'noli qilishga harakat qildim. Endi siz nima deb o'ylaysiz, biz istagan narsani Alloh qachon va qanday holatlarda istaydi?

BBC debat jamoamiz a'zolari:

@aslanbahromov
@xonsdunya
@temursoliev
@KholiknazarovSh
@gafurjons_zone
@brainman_school
@abdulaziznabijonov
@saidjabbarov
858 viewsedited  18:07
Ochish/sharhlash
2022-05-07 21:07:45
273 views18:07
Ochish/sharhlash