Get Mystery Box with random crypto!

#favqulodda_post O’zim tengilarga murojaatim! Bilamiz, deyar | Blog’s

#favqulodda_post

O’zim tengilarga murojaatim!

Bilamiz, deyarli barcha o’rta yoshdagi insonlarning o’zimizni tilda aytganda “uzkiy krugi” bor. Va bunaqa krugdagilar o’rtacha har haftada bir marta ko’rishib, suhbat qurishadi.

Xuddi shunday “krug” o’zimda ham bor. Va haftada 6 kun 8 soatdan ishlashim, 5 kun “prava” darsiga borishim, 3 kun “vajdeniyaga” chiqishim va shunga o’xshash hozirgi paytda mashg’ul bo’lib turgan narsalarni hisobga olgan holda, hech bo’lmaganda yakshanba kuni ruhan hotirjam bo’lish, muammolardan chetda bo’lish maqsadida bugun shu krugdagilar bilan ko’rishishni istadim.

Lekin, voqea rivoji o’zim kutgandek bo’lmadi, ya’ni shunchaki, o’zimizga taaluqli bo’lmagan, na kelajakda, na hozirgi kunda manfaati tegadigan suhbat bo’ldi.

Va bu suhbatlar doimiy davom etadi, ya’ni siz xohlaysizmi, yo’qmi, baribir og’aynilaringiz bilan, ko’rishib gaplashgiz keladi.

Shuning uchun, suhbatni aynan bir mavzuga xoslagan holda ko’rishilsa, foydali bo’ladi degan umiddaman. Masalan, na men va na siz payg’ambarimiz hamda u kishining sahobalari to’g’risida yetarlicha ma’lumotga ega emasmiz. Mana, marhamat, shu mavzuda suhbat qiling, In shaa Alloh ikki dunyoyingizga ham manfaatli bo’ladi.

P/s: Bolla, xafa bo’lish yo’q :-)

P/s/s: Fikrla subyektiv, buyog’ini o’ziz bilasiz!