Get Mystery Box with random crypto!

Anchelotti o'yindan keyingi matbuot anjumanida: 'Biz jabr ko' | 👑 REAL MADRID | RASMIY KANAL

Anchelotti o'yindan keyingi matbuot anjumanida:

"Biz jabr ko'rdik. Bu juda qiyin o'yin bo'ldi. Ikkinchi bo'lim boshida dahshatli xatoga yo'l qo'ydik".

"Shubhasiz, futbolchilar eng yaxshi formada emas. Lekin bu vaqt o'tishi bilan o'zgaradi."

"Futbolchilar charchab qolishdi? Yo'q, menimcha, bu muammo emas. Biz ko'p narsani yaxshilashimiz kerak. Ayrim futbolchilar jahon chempionatidan endigina qaytishdi".

"Kamavinga va Lukas jarohat olishdi. Kamavinga tizzasiga urildi va Lukas to'pig'ini burishdi. Yaxshi ko'rinmaydi".

"Militao boshi aylangan edi, lekin u hozir yaxshi. U va Kamavinga, menimcha, finalga tayyor bo'lishadi".

Karvaxal va Mendi tuzalib ketishdi va finalga 100% tayyor”.

Biz ko'proq azob chekishimiz kerak, chunki futbolchilar eng yaxshi holatda emas.

"Penaltilarmi? Avvaliga eng yaxshi va tajribali ikkitasini tanladim. Benzema va Modrich."

"Oxirgi penalti Vinisiusga tegdi. Navbat unga etib bormagani yaxshi (kuladi). Seriyani qanchalik tez tugatsangiz, shuncha yaxshi".