Get Mystery Box with random crypto!

Mirzolar – Mishaga aylangan yillar, Suvonlar – Sashaga aylanga | Asil Mirzo Blog | Inson qadri uchun

Mirzolar – Mishaga aylangan yillar,
Suvonlar – Sashaga aylangan yillar,
Alisher – Alikka, Kamol – Kolyaga,
Muattar – Mashaga aylangan yillar,
Men sizdan oʻkinib yashayman, xalqim.

Gulchehra ismini “Gulya ”deganlar,
Zulxumor, Zumradni “Zulya” deganlar,
Rostmana nomini aytsang ortingdan,
“Madaniyatsiz boʻlmay, oʻl-e”, deganlar,
Men sizdan oʻkinib yashayman, xalqim.

“Borya” yozganlardan Bobur xafadir,
“Tolya” yozganlardan Temur xafadir,
“Fedya ”yozganlardan Farhod koʻngli gʻash,
Qolganidan yana kimdir xafadir,
Men sizdan oʻkinib yashayman, xalqim...

@AsilMirzoBlog