Get Mystery Box with random crypto!

​Yashasang-chi o‘tmishdan arib! Yo‘l ochiq-ku, nega jilmaysan | @𝓕𝓮𝓻𝓾𝔃𝓪𝓫𝓸𝓷𝓾 𝓐𝓼𝓱𝓲𝓻𝓪𝓵𝓲𝔂𝓮𝓿𝓪 ꯭ | Portfolio

​Yashasang-chi o‘tmishdan arib!
Yo‘l ochiq-ku, nega jilmaysan?
Baxt kelmaydi seni axtarib,
Boriladi baxtga – bilmaysan.

Sevgi – mardlar umriga ziynat –
Qay yo‘sinda hayotin tarzi...
So‘ng bor aytay: “Faqat muhabbat
Topshirmoqqa taqdirni arzir”.

Qalb falagin toqidan zim-zim
Betoqat nur sochgan o‘sha – baxt.
Beyuraklar ne desa desin,
Baxt degani asli – muhabbat.

Usmon Azim (Bir parcha osmon)